Bo’lim ish faoliyati

Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakulteti faoliyatining asosiy yo’nalishlari:

Dekan fakultetning barcha faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning ishlari uchun ma’sul bo’lib, uning zimmasiga asisan quyidagilar yuklatiladi.
Kafedralarda o’quv jarayonini tashlik qilish, o’qitish sifati, kafedralardagi intizom va murabbiylar bilan ish yuritishni,
Kafedralarda talabalar tomonidan darslarni o’zlashtirishni talabalar intizomini nazorat qilish.
“Ma’naviyat va ma’rifat” markazi bilan birgalikda tarbiyaviy madani ishlarga ko’maklashish.
Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor bilan kafedralarning ilmiy izlanishini yo’lga qo’yish, ilmiy-pedagog kadrlar tayorlash ishlariga ko’maklashish va x.k.

Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakulteti tashkiliy va boshqa vazifalari

O’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ma'naviy-ma'rifiy  ishlarga bevosita rahbarlik qilish;
Oliy ta'lim muassasa Kengashi, O’quv-uslubiy Kengashi hamda fakultet Kengashi, O’quv-uslubiy Kengashi qarorlarining fakultet doirasida bajarilishini nazorat etish va ta'minlash;
O’quv-tarbiyaviy jarayon, talabalarning malakaviy ishi va amaliyoti ustidan nazoratni amalga oshirish;
Dars jadvalini tuzishga rahbarlik qilish va uning bajarilishi ustidan nazorat olib borish;
Talabalar davomatini muntazam nazorat qilish;
Talabalarning fanlardan mustaqil ishlashi, shuningdek, ularning bilimini reyting asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etish;
Talabalarni Davlat attestasiyasiga va bitiruv malakaviy  ishlarini hamda magistrlik dissertasiyalarini himoya qilishga ruxsat berish;
Iqtidorli talabalarni aniqllash va ular bilan ishlash, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Beruniy, Mirzo Uluqbek, Alisher Navoiy nomli Davlat stipendiyalari tanlovida talabalar ishtirokini ta'minlash;
Fanlar bo’yicha o’tkaziladigan olimpiadalarda talabalar ishtirokini ta'minlash;
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o’qituvchilar malakasini oshirish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Fakultet tarkibidagi kafedralarning fanlari bo’yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik, o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalgam oshirish;
Ta'lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish, byudjetdan tashqari mablag’larni topish va ulardan o’quv maqsadlarida foydalanish;
Fakultetda va talabalar turar joylarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni o’tkazish;
Fakultetni bitiruvchi talabalarning monitoringini olib borish, ular bilan aloqa o’rnatish;

Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakulteti vazifalari

Fakultetda o’quv jarayonini tashkil etish va ta'minlash;
Ta'limning barcha  masalalari bo’yicha talabalarga axborot xizmati ko’rsatish va tushintirish ishlarini olib borish;
Fakultet bo’yicha  buyruq loyihalarini tayyorlash va farmoyishlar chiqarish;
Yuqori tashkilotlarning ko’rsatmalariga asosan fakultet bo’yicha tegishli hujjatlar va ma'lumotlarni tayyorlash;
Talabalar faoliyatiga oid ma'lumotlarni yuritish, to’plash, saqlash va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
Talabalar kontingenti monitoringini olib borish;
Talabalik guvoqnomalarini rasmiylashtirish va talabalarga yetkazish;
Reyting daftarchalarini rasmiylashtirish, talabalar o’zlashtirish natijalarini qayd etib borilishi ustidan nazoratni amalga oshirish  va ularni saqlash;
Reyting qaydnomalarini rasmiylashtirish, ularning o’rnatilgan tartibda to’ldirilishini nazorat qilish va saqlash;
Semestr natijalarini umumlashtirish, hisobotlarni tayyorlash va o’rnatilgan tartibda Oliy ta'lim muassasa o’quv-uslubiy boshqarmasi (bo’limi)ga taqdim etish;
Semestr natijalari va stipendiya komissiyasi qaroriga asosan talabalarga stipendiyalar belgilash va ularni kursdan kursga o’tkazish xususidagi buyruq loyihalarini tayyorlash;
Bitiruvchi talabalarning talabalik guvoqnomasi, reyting daftarchasi, o’quv va shaxsiy  varaqalarini OTM talabalar bo’limiga o’rnatilgan tartibda topshirish;
Bitiruvchi talabalarga tegishli buyruqlar ijrosini ta'minlash.

Dekanatning huquqlari

O’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va tashkiliy  ishlarni takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berish.
Fakultet dekannining dekanat xodimlari huquqlarini cheklovchi yoki poymol etuvchi buyruqlari va farmoyishlari ustidan OTM rahbariyatiga shikoyat qilish.