Kurs tarixi

1972   o’quv yilida institut qoshida “Anorganik va analitik kimyo”   va “Organik kimyo” kafedralari  tashkil etildi. “Anorganik va analitik kimyo”   kafedrasi mudiri (1972-1974y.y.) k.x.n. Yuldashev Arip Yuldashevich,  “Organik kimyo” kafedrasida k.x.d. Tulyaganov S.R. (1972-1990y.y.) mudir sifatida ishladilar. 1990 yilda bu ikki kafedra birlashtirilib “Umumiy va bioorganik kimyo”  kafedrasi nomi bilan yuritila boshladi va Hakimov Xodi Xakimovich kafedra mudiri qilib tayinlandi. 1997 -1998 yillarda professor Akbarov Abdurafiq Bahromovich kafedraga mudir bo’ldi.           2002 - 2005 yillarda esa kafedra mudiri lavozimiga dotsent Alimxodjaeva N.T. ishladi. 2005 yil “Umumiy va bioorganik kimyo” kafedrasi “Bioximiya” kafedrasi bilan birlashib “Biologik, bioanorganik  va bioorganik kimyo ” kafedrasi deb nomlandi va kafedra mudiri qilib akademik  Saatov T.S. tayinlandi. 

Kafedra mudirlari

1. Yuldashev A.Yu. - 1972 - 1974 y

2. Xakimov X.X.  - 1974 - 1997 y

3. Tulaganov S.R. - 1972 - 1990 y

4. Akbarov A.A. - 1997 - 1998 y

5. Sultanov R.G. - 1998 - 2002 y

6. Alimxodjaeva N. T. 2002 – 2005 y

7. Soatov T.S. 2005 – 2009 y

7. Yuldashev N.M.2009 va xozirgi kunda  

 

 1972   o’quv yilida institut qoshida “Anorganik va analitik kimyo”   va “Organik kimyo” kafedralari  tashkil etildi. “Anorganik va analitik kimyo”   kafedrasi mudiri (1972-1974y.y.) k.x.n. Yuldashev Arip Yuldashevich. 1934 y. tug’ilgan, qozoq, injener texnolog, x.f.n., 1956 y. Toshkent politexnika institutini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1971 – 1973 y. ToshPMI anorganik – analitik kimyo kafedrasining mudiri bo’lib ishlagan. 1962 yilda “Исследование в области получения отверждающихся фосфорсодержащих полиэфиров” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 70 ta ilmiy maqola chop etgan. 13 mualliflik guvohnomasi olgan. Mualliflikda 2 ta o’quv adabiyotlari  “Ximiya polimerov” va “Organicheskaya ximiya” chop etilgan. Institut ilmiy va metodik seminarlarida faol ishtirok etgan. YULDASHEV ARIF YULDASHEVICH ipg

1932 yil 5 mayda tavallud topgan, uzbek, k.f.d., professor, Toshkent Davlat Universitetini Ximiya fakultetini bitirgan. To’laganov Sobir Raxmatulaevich 1962 yilda “Sitez N – aminospirtov, soderjashix vinilnuyu gruppu” mavzusida fan nomzodligi dissertatsiyasini yoqladi. Institut tarixida birinchilar qatorida 1972  yilda “Ситез N – аминоспиртов, содержащих винильную группу” mavzusida fan doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.  Shu davrda uning rahbarligida 5 ta fan nomzodi tayinladi.  TULAGANOV SOBIR RAXMATULAEVICH jpg

 Xakimov Xodi Hakimovich 1927 y. tug’ilgan, o’zbek, kimyogar, x.f.d., professor. 1951 y. Toshkent farmatsevtika institutini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1974-1989 y.  ToshPMI anorganik-analitik kimyo kafedrasining mudiri, 1978-1983 y. tayyorlov bo’limining dekani bo’lib ishlagan.     1960 yilda “Ikki va uch valentlik kobalt tuzlarini aminobenzoy kislotasi bilan izomerlari va hosilalari, shuningdek В1 va С vitaminlari bilan kompleks birikmalari”  mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1972 yilda “Ba’zi 3d-ionlarini biofaol moddalar bilan kompleks birikmalari”  mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 120 ta ilmiy maqola, 2 monografiya va 1 ta o’quv darsligini chop etgan. 40 mualliflik guvohnomasi va 7 patent olgan. XAKIMOV XODI HAKIMOVICH. Ipg

Akbarov Abdurafiq Bahromovich 1954 y. tug’ilgan, o’zbek, ximik k.f.d. professor. ToshFarMI ni 1976 y. tugatgan. 1976-1982 yillarda ToshPMI anorganik kimyo kafedrasi assistenti, 1982-1991 yillarda tayyorlov bo’limi kimyo o’qituvchisi. 1991 y. tibbiy kimyo kafedrasi professori, keyinchalik kafedra mudiri. Nomzodlik dissertatsiyasini “Ba’zi 3-valentli metallarni U vitamini, ketoglutar kislotalari bilan sintezlash va tekshirish” mavzusida 1984yilda doktorlik dissertatsiyasini “3-valentli metallar biokomplekslarini aminokislotalar va ularning I-almashingan, α-ketoglutarat kislotasini sintezlash xususiyati, qo’llanishi” mavzusida 1990 yilda himoya qilgan. A.B. Akbarov 1976-1978 y. kasaba uyushmasi raisi muovini 1994-1996 yillarda test markazi rahbari bo’lib ishlagan.       U 320 ta ilmiy maqola chop etgan va qator o’quv uslubiy ishlar muallifi. Bular qatoriga 158 ta yaratilganlik uchun mualliflik guvoxnomalari, 2 darslik muallifi va 7 ta patentlar ham kiradi. Uning rahbarligida  7 ta nomzodlik dissertatsiyalari muvofaqiyatli himoya qilingan. AKBAROV ABDURAFIQ BAHROMOVICH. Ipg

Alimxodjaeva Nazira Tillaxodjaevna 1948 yil tug’ilgan.,   o’zbek,   k.f.n. dotsent. ToshDUni 1971 y. imtiyozli tugatgan. 1975 -  1996 yillarda  ToshPMI anorganik kimyo kafedrasi assistenti. 1993 – 1999 yillarda 1 Pediatriya fakulteti  Ilmiy kengashining ilmiy kotibi bulib faoliyat ko’rsatgan. 1996 -2002 yillarda “Umumiy va bioorganik kimyo”  kafedrasi dotsenti, 2002-2005 yillar “Umumiy va bioorganik kimyo” kafedrasi mudiri, xozirgi kunda “Biologik, bioanorganik  va bioorganik kimyo ” kafedrasida “ Bioanorganik  va bioorganik kimyo ”  fani buyicha mas’ul. Nomzodlik dissertatsiyasini “Ba’zi 3d qator metallarni ba’zi bir aminokislotalar va kislota amidlari   bilan kompleks birikmalarini sintezi va tekshirish” mavzusida 1982   yilda himoya qilgan.  Alimxodjaeva N.T. 300 dan ortiq ilmiy maqola chop etgan va qator o’quv uslubiy ishlar muallifi. Bular qatoriga 3ta yaratilganlik uchun mualliflik guvoxnomalari, 2 darslik, 2 ta o’quv qo’llanma va 11 ta o’quv uslubiy qo’llanma kiradi.  ALIMXODJAEVA NAZIRA TILLAXODJAEVNA. ipg

 

2009 yildan shu kunga qadar professor Yuldashev Nosir Muxmedjanovich kafedra mudiri vazifasini bajarib kelmoqda. Kafedra qoshida “Bioanorganik  va bioorganik kimyo” kursi tashkil etilib, dotsent  Alimxodjaeva N.T. fan bo’yicha mas’ul etib tayinlandi. YULDASHEV N.M.jpg

 

Kafedrada xodimlari ilmiy izlanish ishlari bilan uzluksiz shug’ullanib, 2009 yilda acc. Culaymanova G.G., 2012 yilda acc. Ikramova Z.A. kandidatlik dissertatsiyasini himoya qildilar. Kafedramizda bioanorganik  va bioorganik kimyo fanlaridan 3 ta darslik va 20 dan ortiq  o’quv-uslubiy qo’llanmalarni chop etilgan.