Kafedra haqida

Kafedra haqida

Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining “Tibbiy biologiya va genetika” kafedrasi 1972 yilda tashkil topgan. Uning birinchi mudiri va asoschisi professor Oqilov Atoulla Turaxanovich  (1972-1989)  bo’lgan. 1989-2007 yillar davomida kafedraga professor Kurash Nishonboevich Nishonboev raxbarlik qilgan. 2007-2009 yillar davomida  esa docent Muxamedamin Mamedjanovich Shertaev raxbarlik qilgan. 2009-2012 yillar kafedra “Tibbiy biologiya, genetika, mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya”, 2012 yil sentyabr oyidan boshlab, kafedra “Tibbiy biologiya va genetika” deb nomlandi va unga M.M. Shertaev raxbarlik qildi. 2017-2018 o’quv yilidan boshlab “Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika” deb nomlandi va unga professor Nosir Muxamedjanovich Yuldashev raxbarlik qilib kelmoqda.

“Tibbiy biologiya, umumiy genetika” kursida  I boshqich talabalari uchun  I-II semestrlar davomida “Tibbiy biologiya, umumiy genetika, parazitologiya asoslari” kabi bo’limlar bo’yicha dars olib boriladi.

Хоzirgi kunda,    “Tibbiy biologiya, umumiy genetika” kursi  bo’yicha docent M.M. Shertaev, katta o’qituvchilar, b.f.n. S.X.Ikramova, I.A.Sultanbekova, assistent Z.A.Chorievalar faoliyat yuritishmoqda.

Kurs xodimlari ToshPTI qoshidagu I-Yunus-Obod akademik litseyda, hamda bir qator tibbiyot kollejlarida biologiya fanini yangi pedagogik texnologiyalar orqali o’qitishni yo’lga qo’yishda yordam berib kelmoqdalar. Bundan tashqari O’zbekistondagi Tibbiyot institutlarining “Tibbiy biologiya, va  genetika” kafedralari bilan hamkorlik qilishadi.

Kurs xodimlari “Tibbiy biologiya, va  genetika” fani bo’yicha darsliklar, o’quv qo’llanmalar yaratishda faol ishtirok etishmoqda. Professor K.N. Nishonboev tomonidan tibbiyot institutlarining biologiya kafedralari, akademik liceylar, kollej va maktab o’quvchilari uchun 20 ga yaqin darsliklar yaratilgan. Xodimlar tomonidan 40 dan ortiq o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar yozilgan.

Bundan tashqari, kurs xodimlari va talabalar bilan birgalikda xalqaro va respublika anjumanlarda, kongresslarda, simpoziumlarda faol ishtirok etadilar.