Kafedra tarixi

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida «Biologik kimyo» kafedrasi 1972 yili tashkil etilgan. Uning birinchi rahbari etib dostent Abdullaev Fayzullo Abdullayevich (1972-1974 yil) tayinlangan.

1975 yildan to 1990 yilgacha kafedrada O’zR FA akademigi Aleksandr Ivanovich Nikolaev rahbarlik qildi. A. I. Nikolaev tomonidan unikal ilmiy maktab yaratildi. Uning rahbarligi ostida 17 doktorlik va 90 dan ortiq nomzodlik dissertastiyalari himoya qilindi, 12 monografiya, 275 ilmiy maqola chop etildi. 1996 yili «Biologik kimyo» kafedrasiga A. I. Nikolaev nomi berildi.

1991 yildan to 2002 yilgacha kafedraga professor Rustam Gulyamovich Sultanov rahbarlik qildi. R.G. Sultanov rahbarligi ostida 1 doktorlik va 4 nomzodlik dissertastiyalari himoya qilindi, 7 monografiya, 372 ilmiy maqolalar chop etildi.

2002 yildan to 2009 yilgacha kafedraga O’zR FA akademigi Tal’at Saatovich Saatov rahbarlik qildi, u hozirda ham kafedra professori lavozimida ishlamoqda. T.S. Saatov 20 yildan ortiq kafedra yaqin aloqada ishlaydigan O’zR FA Biokimyo institutini boshqargan. T.S. Saatov rahbarligida 8 doktorlik va 30 nomzodlik dissertastiyalari himoya qilingan, 6 monografiya, 3 darslik, 12 o’quv-uslubiy qo’llanma va 450 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan, shu jumladan 16 dan ortiq patentlar olingan.

Noorganik va analitik kimyo kafedrasi 1972-1973 o’quv yilida tashkil etilgan. Uning birinchi rahbari etib A.Y.Yuldashev (1972-1974 yy.) tayinlandi. 1974 yildan to 1994 yilgacha kafedrada X.X. Xakimov, 1994 yildan to 1997 yilgacha S.R. Tulyaganov rahbarlik qildi. 1997-1998 o’quv yilida kafedraga A.A. Akbarov rahbarlik qildi. 1998-2001 yillarda kafedra rahbari R.G. Sultanov, 2002 yildan hozirga qadar «Bionoorganik va bioorganik kimyo» kursini rahbari Nazira Tillyaxodjaevna Alimxodjaevadir.

1990 yili Noorganik va Organik kimyo kafedralarini qo’shilishi natijasida «Umumiy va bioorganik kimyo» kafedrasi tashkil etildi.

1992 yili Umumiy va bioorganik hamda Biologik kimyo kafedralarining qo’shilishi natijasida Organik va biologik kimyo» kafedrasi tashkil etildi.

1997 yili «Tibbiy va biologik kimyo» kafedrasi qayta tashkil qilindi.

2002 yili kafedralarni ajralishi munosabati bilan “Umumiy kimyo” kafedrasi qayta tashkil qilindi.

2005 yilda O’zR OO’Yu vazirligi buyrug’i asosida kafedralar qo’shildi - «Bionoorganik va bioorganik kimyo» kursi vujudga keldi.

2009 yildan hozirgi davrgacha «Biologik, bionoorganik va bioorganik kimyo» kafedrasiga biologiya fanlari doktori, professor Nasirjan Muxamedjanovich Yuldashev rahbarlik qilmoqda.

 2017 yildan hozirgi davrgacha «Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya. umumiy genetika» kafedrasiga biologiya fanlari doktori, professor Nasirjan Muxamedjanovich Yuldashev rahbarlik qilmoqda.

O’tgan yillarda kafedrada biokimyo yo’nalishi bo’yicha quyidagi xodimlar ishlab ketgan: 

Dostentlar: Xolmuxamedova N.M., Mamutov J.I.

Katta o’qituvchilar: Abdukayumova M.X., Ismoilxodjaeva G.G., Turgunova X.Z., Yuldasheva L.N., Talimbekova G.Z.

Assistentlar: Goziev T.G., Nazirova V.E., Abidov A.A., Kojinskaya E.M., Raxmonov N.X.

 

"BIOLOGIK KIMYo" kafedra xodimlarini xotirlab

 

 1

Dostent Abdullaev Fayzulla Abdullaevich  (1935-19   )        

1972-1974 yy. kafedra mudiri.

1935 yilda Toshkent shahrida shifokor oilasida tugilgan. Maktabni 1953 yilda oltin medal bilan tugatib  va ToshMI davolash fakul'tetiga o`qishga kirdi. Institutni 1959 yilda a`lo bahoga tugatib, shu institutning bioximiya kafedrasida ishlagan.

1964 yilda nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. 1968 yilda ToshMI bioximiya kafedra dotsenti unvoniga sazovor bo`ldi.          

Abdullaev F.A. "Pankreatik  lipazaning tozalashi va uni jixatlarni o`rganishi" mavzu bo`yicha doktorlik dissertatsiyasini tayyorlangan. 90 ta ilmiy maqola va tezislarni muallifidir. 1972 yilda Sampida uning boshchiligida bioximiya kafedrasini tashkil qilindi. U O`zbekistonda bioximiya jamiyatini boshqargan. 

                       

2

 O’zR FA akademigi, professor Nikolaev Aleksandr Ivanovich (1922-1994)

1975 -1990 yy. kafedra mudiri.  

Fan va texnikada xizmat ko’rsatgan arbob, O’zSSR Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi. Unga fandagi yangilik, dolzarblik, muhimlikni sezish kabi ajoyib hissiyot xos edi. U o’zining o’quvchilariga mustaqillikni bergan holda, ilmiy izlanishlar kelajagini aniqlagan holda ularning g’oyalarini amalga oshirishda qo’llab quvvatlar edi. Uning ilmiy qiziqishlari doirasi tibbiyotning turli jabhalaridagi masalalarni va ayniqsa – immunologiyani o’z ichiga olar edi. A.I. Nikolaev turli kasalliklar davomida: nur kasalligi, leykozlar, oshqozon-ichak kasalliklarida autoimmun reaksiyalarni o’rgangan. Uning rahbarligi ostida 17 doktorlik va 90 dan ortiq nomzodlik dissertastiyalari himoya qilindi, 12 monografiya, 275 ilmiy maqola chop etildi.

 Keyinchalik, 1996 yilda kafedraga akademik A. I. Nikolaev nomi berildi. A. I. Nikolaevning Vatanga xizmatlari Qizil bayroq Ordeni (ikki marotaba), Shuxrat belgisi, «Sog’liqni saqlash a’lochisi» unvonini berish bilan taqdirlangan.

 

4

 Professor Sultanov Rustam Gulyamovich (1941-2002)

1991 - 2002 yy. kafedra mudiri.                            

1972 yildan to 1987 yilgacha ToshPTI biokimyo kafedrasi dostenti lavozimida ishlagan. 1987 yildan to 1990 yilgacha – kafedra professori.  1991 yildan to 2002 yilgacha kafedrada mudirlik qilgan. 1992-1997 yillarda – dekan muovini, tibbiyot institutlarida biokimyo va kimyo bo’yicha monotematik komissiya raisi. Tibbiyot biokimyosi bo’limi bo’yicha Respublika biokimyogarlar jamiyati raisi.

Uning ilmiy qiziqishlari doirasi o’smalarning rivojlanishi hamda to’qimalarning nafas olishida autoantitelalarning ahamiyati, gepatitlarda immun reaksiyalar hamda ularni korreksiyalash masalalarini o’z ichiga oladi. Uning qo’l ostida 1 doktorlik, 4 nomzodlik dissertastiyalari himoya qilingan, 1 darslik, 181 ilmiy ish chop etilgan, 8 mualliflik guvohnomalari olingan.

 

 Ibragimov _U_K

Professor Ibragimov Utkir Kudratovich (1952-2014)

1988 yildan 1-ToshDavTI "Biokimyo" kafedrasi xodimi. 1992 yildan "Biologik, bionoorganik va bioorganik kimyo" kafedrasi professori.

Ixtisosligi - tibbiyot, biokimyo, klinik va laborator tashxis.

Ilmiy darajasi - tibbiyot fanlari doktori (1991 y).

"Molekulyarnie mexanizmi povrejdeniya biomembran pri eksperimental'nom salmonelleze i bioximicheskoe obosnovanie primeneniya antioksidantov" mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasinè Rossiya FA Ovqatlanish institutida ximoya qilgan.

1995 yildan to 1997 yilgacha klinik biokimyo kursi raxbari, 1997 yildan Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri.

12 monografiya, 174 maxola, 5 patent muallifi. Uning raxbarligida 17 nomzodlik va 7 doktorlik dissertatsiyalari yoqlangan. 2003 yilda tibbiyot fanlari Evro-Osiyo akademiyasining akademigi etib saylangan.

 

 Sultanxodjaev  _U_L

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent Sultanxodjaev Utkir Lutfullaevich (1938-2016)  

1991 yildan 2016 yilgacha qadar – «Biologik, noorganik va organik kimyo» kafedrasi dotsenti.

Kasbi – biokimyo.

Ixtisosligi – odam va hayvonlar biokimyosi.

Ilmiy darajasi – biologiya fanlari nomzodi (1990 y).

«Organik va substrat lipaz o'ziga xosligi va normal va patologik sharoitlarda lipid almashinuvi ko'rsatkichlari bilan munosabatlar» mavzusidagi nomzodlik dissertastiyasi O’zR FA Biokimyo institutda himoya qilingan.

1 o’quv qo’llanmasi, 60 dan ortiq maqolalar, 6 uslubiy o’quv-qo’llanmalar va 103 dan ortiq tezislar muallifi.

Ilmiy tadqiqotlarining natijalari O’zR FA Biokimyo institutida hamda ToshPTI va TTAda amaliy mashg’ulotda va ma’ruzalar o’qishda qo’llanilgan. Ishlab chiqilgan uslublarini qo’llash lipidlar biokimyosi masalalariga, ularni gepatostit hamda boshqa a’zolar membranalari funksiyalaridagi ahamiyatiga, hamda antioksidantlar bilan to’ldirilgan liposomalar bilan membranalar strukturalarini korrektsiyalash usullariga oydinlik kiritadi.