O`quv va o`quv-metodik ishlari

Kafedraning pedagogik faoliyati Kafedra shtat birligi: Kafedrada 13 ta o’qituvchi ishlaydi – 7 katta o’qituvchi va 6 ta o’qituvchi. Kafedrada amaliy mashgulotlar 2 tilda olib boriladi – ingliz va nemis tillarida. Kafedrada 1,2,3 boskich talabalariga, 1 va 2 boskich OXI fakul’tet talabalari va I kurs magistratura talabalariga ingliz va nemis tillari o’qitiladi. I kurs talabalariga – 154 soat II kurs talabalariga – 120 soat III kurs talabalariga 116 soat Magistratura talabalariga – 120 soat Oliy ta’limning davlat standartiga muvofiq mazkur fan bo’yicha talabalarning bilimiga, malakaga va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat: - o’qilgan matnni asosiy mazmunini gapirib berish (ingliz, nemis tilida erkin so’zlash); - matndagi mantiqiy bog’langan gaplarni erkin tushunish, matnga reja, o’qilganlar yuzasidan tezis tuzish; - matndagi nutqiy dialoglarda qatnashish, ularni to’g’ri talaffuz qilish; - matnni yozma tarjima qilish; Bu maqsadlarga erishish uchun kafedra o’qituvchilari o’z ustilarida ko’p ishlaydilar. O’qituvchilar kasbiy mahoratlarini oshirishadi. Dasturga muvofiq har yangi o’quv yilida fanning ishchi dasturi ishlab chiqiladi va undagi o’qitish uslubiyoti va nazoratida o’zgarishlar, yangi pedagogik texnologiyalar hisobga olinib, har bir mavzuga kerakli tuzatishlar kiritilib kafedra majlisida muhokama kilinadi. Ishchi dasturda nazariy va amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ta’lim rejalari to’liq aks ettiriladi. Har bir o’qituvchi 2-3 yilda bir marotaba malakasini oshirib, olgan yangi o’quv uslublari bilan kafedra o’qituvchilarini tanishtiradi va o’quv jarayonida ularni qo’llashni tavsiya qilishadi. Kafedra o’qituvchilari TDYuI, TDPU, O’zDJTU va TDMIda o’tkaziladigan seminar, konferenstiyalarida o’z maqola, tezislari bilan faol qatnashib tajriba almashadilar.



монография Буранова Д.Д.