Kurs haqida

Odam anatomiyasi kursi. Odam anatomiyasi kursi TashPTI bosh o’quv ma’muriy binosining birinchi qavatida joylashgan. Unda 8ta tematik jihozlangan o’quv xonasi, 2ta o’qituvchilar xonasi, kafedra asoschisi professor Zoxidov nomidagi kafedra tarixi muzeyi, anatomik eksponatlar hamda marfologik preparatlar jamlangan o’quv laboratoriyasi mavjud. Kursda 1 – 2 – bosqich talabalari odam anatomiyasi fanidan tahsil oladilar. Odam anatomiyasi fani sistematik tarzda o’qitiladi. 1-bosqich talabalari II-o’quv semestri davomida osteologiya, sindesmologiya, miologiya, splanxnologiya va angeologiya tizimlarini o’zlashtirishsa, 2-kurs talabalari faqat I-o’quv semestri markaziy va pereferik nerv tizimlari hamda sezgi a’zolari tizimlari bo’yicha tahsil oladilar. Uchala o’quv semestri davomida har amaliy mashg’ulotda joriy baholash, oraliq baholash, mustaqil ish, semester oxirida yakuniy baholash natijasida talabalarning fanni o’zlashtirishi muntazam nazorat qilib boriladi. Kursda 2 nafar dotsent, 3 nafar fan nomzodi, 3 nafar katta o’qituvchi va 5 nafar assistentlar faoliyat yuritadilar.