Ilmiy ishlar

Kafedraning dastlabki ilmiy yo’nalishi: “Organizmning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda qorin bo’shlig’i organlarining jarroxlik asoratlarini oldini olish, davolash va tashxis qo’yishni yaxshilash usullarini izlash”. Ilmiy tekshirish ishlari mavzusi 2 ta fragmentga bo’lingan holda olib borilmoqda: 1.Qorin bo’shlig’idagi a’zolarning yiringli yallig’lanish kasalliklaridagi asoratlarini oldini olish va kompleks davolashda lazer nurlari, ozonoterapiya, yuqori osmolyar, elektrokimyoviy antiseptik eritmalar bilan sanatsiya, antibiotiklarni endolimfatik va regional limfotrop usulida qo’llash. Bajaruvchilar: dotsent Abdumajidov A.Sh., dotsent Dolimov K.S., dotsent Agzamova M.N., dotsent Rixsiboyev Z.T., dotsent To’xtamurodov Z.Z., assistent Axmedov M.J. assistnt t.f.n.Ashurmetov A.M. 2.Yiringli jarroxlik kasalliklari asoratlarini oldini olish, davolashda immunokorreksiya, ozonoterapiya, yuqori osmolyar, elektrokimyoviy antiseptik eritmalar bilan sanatsiya, antibiotiklarni endolimfatik va regional limfotrop usulida qo’llash. Bajaruvchilar: Abdumajidov A.Sh, dotsent Fayziyev Yo.N., assistent Jafarov X.M. Kafedradagi barcha ilmiy tekshiruv ishlariga kafedra mudiri t.f.d.,dotsent Ilhomov F.O. rahbarlik qilayaptilar. Kafedra hodimlari va shifokorlar bilan birgalikda 47 dan ortiq ratsionalizatorlik taklifi berilgan.