Kurs o`quv va o`quv-metodik ishlari

O'quv uslubiy ishlar

2018-2019 o’quv yili uchun kerak bo’ladigan barcha me'yoriy xujjatlar tayyorlanib, tasdiqlandi va kafedra doskasiga osib qo’yildi. Ishchi o’quv dasturlari, o'quv uslubiy majmua, dars jadvallari, kalendar tematik rejalar, kafedraning ish rejasi, ochiq va ko’rgazmali darslar, ochiq ma'ruzalar, fan reytingi, malaka oshirish rejalari, o’qituvchilarning shaxsiy rejalari, talabalar bilimini baholash uchun test savollari va yakuniy nazorat savollari tuzib chiqilgan.

Kafedrada II va III - kurs talabalariga amaliy mashg’ulot darslari olib boriladi. O’quv jarayonida tablitsalar, mulyajlar, rasmlar, diafilmlar, videofilmlar, meltimedia dasturlari, stendlar va operatsiya uchun quyonlardan foydalaniladi.