Kafedra xaqida

Farmakologiya kafedrasi

1972 yili 20 avgustda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshida farmakologiya kafedrasi tashkil qilindi. Kafedra mudiri lavozimiga birinchi bo’lib professor Azizova San’at Sobirovna saylanib 2005 yilgacha faoliyat ko’rsatdilar (1972-2005yy.). 2005 -2012 yillar kafedra mudiri lavozimida Abdusamatov Abdulaziz Abdulatipovich faoliyat ko’rsatdilar. 2013 yildan kafedra mudiri lavozimiga Aminov Salohiddin Djurayevich tayinlandilar. Xozirda kafedrada faoliyat ko’rsatayotganlar: kafedra mudiri Aminov Salohiddin Djurayevich, dostent Ziyaeva Shohida Tulayevna, assistentlar Karimova Gulchehra Almardonovna, Mirzaaxmedova Kamola Toxirovna, Kaldibayeva Akmaral Orinbosarovna. 2014-2015 o’quv yilining mart oyidan Shatursunova M.A. xona mudirligi lavozimiga ishga olindi. 2015-2016 o’quv yilida farmakologiya kafedrasiga 0,5 assistentlik stavkasiga Shatursunova M.A., 0,25 assistentlik stavkasiga Islamova J.I. ishga qabul qilindi.

Kafedrada 3 kurs talabalari “Farmakologiya” fanidan o’qitiladi. 7-kurs talabalari uchun  ''Fitoo'simliklar retsepturasi'' yangi fani kiritildi.  Kafedrada kardioprotektorlar, gepatoprotektorlar, gastroprotektorlar, gipolipidemik va aterosklerozga qarshi moddalar yo’nalishida ilmiy ishlar olib boriladi. Kafedra xodimlari va izlanuvchilari boshqa tashkilotlar bilan xamkorlik ishlar olib boradilar: O’zR FA O’simliklar kimyosi ilmiy-tekshirish instituti, UzKFITI GAK, Uzfarmsanoat, TMA, Toshkent farmastevtika instituti, tibbiyot kollej va listeylar. Kafedra xodimlar farmakologiya fani bo’yicha darsliklar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlaydilar. Xodimlar tomonidan 15 metodik qo’llanmalar, 5 darslik va elektron kitob chop etilgan. Kafedra xodimlari xalqaro konferenstiyalarda, kongresslarda, va simpoziumlarda faol ishtirok etadilar. Xozirgi paytgacha 180 dan ortiq tezislar, 173 dan ortiq maқolalar va 5 monografiya chop etilgan.

 2016-2017 o’quv yilida farmakologiya kafedrasiga 1,0 assistentlik stavkasiga Shakarov N.K., 0,75 assistentlik stavkasiga Oqiljonova N.A. ishga qabul qilindi. 

2017-2018 o’quv yilidan  Karimova G.A. kafedra katta o'qituvchisi lavozimida 1,0 stavkada ishlab kelmoqda.

03.03.18 yil farmakologiya, fiziologiya kafedrasi katta izlanuvchisi K.T.Mirzaaxmedovaning "Experimental gepatit va oshqozon yara kasalligida Fitin-C va glitcitrinat preparatlarining samaradorligi" mavzusidagi ilmiy ishi ToshPTI muammolar kengashida muxokama qilindi va ijobiy baholanib, TTA ihtisoslashgan kengashiga tavsiya qilindi.

2018-2019 o’quv yilidan farmakologiya kafedrasiga 1,0  dotsent stavkasiga Yunusov Abdushukur Abdulaxatovich, 1,0 assistentlik stavkasiga Mirzaaxmedova Kamola Toxirovna  qabul qilindi.