Kurs haqida

Kafedra haqida

Fiziologiya kafedrasi 1972-yilda tashkil etilgan. Kafedra mudiri lavozimida 1- bo’lib, Qodirov Umid Zufarovich saylanib, 1999-yilgacha faoliyat ko’rsatganlar (1972-1999).  

1999-2018 yillar mobaynida kafedra mudiri lavozimida Abdumajidov Abdulxay Abdulhakovich faoliyat ko’rsatganlar.

1998-yildan boshlab kafedra farmakologiya kafedrasi bilan birgalikda ish yuritib kelmoqda. Shu yildan boshlab, Fiziologiya kafedrasi-Fiziologiya kursi deb nomlanmoqda.

2018-yil sentyabr oyidan boshlab, Fiziologiya kursi mudiri lavozimiga dostent Axrorov Xabibulla Xamidullaevich saylandilar.

2017-2018 o’quv yilida Fiziologiya kursiga 1,0 stavka assistentlik lavozimiga Kamalova Zilola Mirsobitovna va 1,0 stavka assistentlik lavozimiga Akbarova Muruvvat Sobirovnalar ishga qabul qilindilar.

Normal fiziologiya kursida quyidagi xodimlar faoliyat yuritishmoqda:

  1. Kurs mudiri, dostent – Axrorov Xabibulla Xamidullaevich.
  2. Dostent – Abdumajidov Abdulxay Abdulhakovich.
  3. Dostent – Askaryants Vera Petrovna.
  4. Assistent – Pazilova Sevara Bakievna.
  5. Katta o’qituvchi – Babajanova Feruza Abdumalikovna.
  6. Assistent – Mustakimova Fatima Alifgatovna.
  7. Assistent –   Kamalova Zilola Mirsabitovna.
  8. Assistent -  Akbarova Muruvvat Sobirovna.

Kursimizda 2- kurs talabalariga “Normal fiziologiya” fani o’qitiladi. Kursga I va II Pediatriya, Tibbiy-pedagogika, Davolash ishi fakulteti hamda Oliy hamshiralik ishi talabalari kelib tahsil olishadi.

2019 yil  II semestridan boshlab, kursimizga “Tibbiy biologiya ishi” fakulteti talabalari ham kelib tahsil olishadi.

Bundan tashqari “Normal fiziologiya” fani bo’yicha xodimlarimiz tomonidan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, o’quv uslubiy qo’llanmalar tayyorlanib kelinmoqda. Xodimlarimiz tomonidan 18 ta metodik qo’llanma 3 ta darslik  chop etilgan. Kafedra xodimlarimiz  xalqaro  konfirentsiyalarda, kongresslarda va simpoziumlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.