Ilmiy ishlar

Kafedrani ilmiy yo’nalishi. “Koordinastion kompleksli biolegandali mikroelementlar tuzilmasining sintezi va ularning radioprotektor, davolash xossalarini hamda tirik organizm va to’qimalarga ta’sirini o’rganish”. Ilmiy yo’nalish rahbari biologiya fanlari doktori, professor Po’lat Adilovich Xakimov hamda professor Abdurafik Baxromovich Akbarov bo’lganlar. Ilmiy yo’nalish bo’yicha 1986-1994 yillari “Biofizika” va “Ximiya” kafedralarni hodimlari ishlashgan. Bular quydagilar: Yu.N.Islomov; A.S.Mutalibov; U.E.Aliev; R.K.Siddiqov; M.M.Karimova; M.N.Islomov; A.Azimov va boshqalar. Ilmiy yo’nalish bo’yicha olingan natijalar Bu ilmiy ishda birinchi bor stitofluorimetr va spektrofotometrik usullar yordamida DNK strukturasi o’rganildi. Tirik va nurlantirilgan hayvonlarni qon elementlarini (eritrostit, limfostit, leykostit) elektrik parametrlari o’rganildi. Qon elementlarining elektrik parametrlari bilan fermentlar aktivligi, lipidlarni umumiy miqdori va xolesterin aktivligi orasida korrelyasion bog’lanish mavjudligi aniqlandi. Biokompleks So (III) ni nurlangan hayvonlarga har kuni 4 mg/kg dozada ineksiya qilinganda qon elementlarining elektrik parametrlari elektr o’tkazuvchanligi, elektr sig’imi, hujayralarning elektroforetik harakatchanligi hamda gematologik, fiziologik va bioximik parametrlar normaga yaqinlashganligi, akrodin oranjevni fluoresstenstiyasini intensivligini kamayganligi aniqlandi. Nurlatilgan hayvonlarga 30 kun ichida So (III) preparatini har kuni 4 mg/kg dozada ineksiya qilinganda hayvonlarning yashovchanligi kontrolga nisbatan 66% ni, o’rtacha yashash vaqti 23 kunni tashkil etdi. Biokompleks So (III) ni hayvonlarni nurlatishdan 24 soat oldin 15 mg/kg dozada ineksiya qilinganda, hayvonlarni o’rtacha yashash vaqti (SPJ) hayvonlarni yashovchanligi, dozani kamaytiruvchi faktor (FUD), nurlanishdan ximoyalanish extimolligi (β) ortganligi, ikkilamchi flufesstenstiyani intensivligi yuqori bo’lganligi aniqlandi. Hayvonlarning yashovchanligi 90% ni, o’rtacha yashash vaqti 28 kunni tashkil etdi. Demak biokompleks So (III) hujayra strukturasiga ta’sir qilib uni yaxshilaydi, hamda membranani stablizastiyalash qobiliyatiga ega ekanligi aniqlandi. Ilmiy yo’nalish bo’yicha 50dan ortiqroq ilmiy maqolalar chop etilgan 20dan ortiq avtorlik guvoxnomalari olingan va Yu.N.Islomov “Funkstialie narusheniya kletok krovi pri radiastionnom vozdeystvii i ix korrekstiya s ispolzovaniem biokompleksov So (III)” mavzusi bo’yicha, hamda R.K.Siddiqov «Vliyanie gamma–oblucheniya na strukturno- funksionalnoe sostoyanie limfostitov i razrabotka metodov ix radiozashi biokompleksami» mavzusi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlashdi. Kafedrani hozirgi kundagi ilmiy yo’nalishi oldingisini davomi bo’lib, “Mikroelementlarning biolegandalar bilan koordinastion kompleksli birikmalarini sintezlash, ularning radioprotektor, davolash hususiyatlarini o’rganish”. Ilmiy yo’nalish bo’yicha kafedra hodimlarini barchasi ishlamoqda. dost. Yu.N.Islomov; dost.G.U.Urmanova; katta o’qituvchi M.M.Karimova; dost. D.A.Qarshiev; dost. R.K.Djaparova; dost. B.S.Sanaev va boshqalar. 2007 yili Urmanova G.U “Funksionalnoe sostoyanie mitoxondrialnix membran pecheni pri vozdeystvii nekotorix ksenobiotikov ” mavzusi bo’yicha nomzodlik dissertatsyasini yoqladi. Tibbiy va biologik fizika, informatika va informatsion texnologiyalar kafedrasi Respublikaning bir qator Fanlar Akademiyasini ilmiy tekshirish institutlari bilan ilmiy aloqa qiladi. Bular Yadro Fizika Instituti, Bioximiya Instituti, Fizika Texnika Instituti, Fiziologiya Instituti, Milliy Universitetini fizika fakulteti, Kibernetika Instituti, Tibbiyot Akademiyasi va boshqalar.