Kafedra tarixi

     1972 yilda O’rta Osiyo Tibbiyot instituti tashkil qilinishi munosabati bilan kafedraning asosiy tarkibi shu institute qoshida ochilgan epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasiga o’tgan. Kafedra  mudirlarning ism, shariflari:

       1962-1988 yy. – V.M. Majidov

      Professor Majidov Vali Madjidovich. 1922 yilda shu kafedra assistent, 1954 yildan dotsent lavozimida ishlagan. Madjidov V.M. 1947 yilda “Osnovo-fagotsitarnaya reaktsiya pri brutselleze” mavzusida nomzodlik; 1963 yili “Brutsellez (klinika, techenie, prodoljitel’nost’)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli ximoya qilgan. Atoqli olim 87 dan ziyod ilmiy ishlar, 6 ta monografiya, 3 ta metodik tavsiyanoma muallifidir. Professor V.M.Madjidov rahbarligida 1 ta doktorlik va 16 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. 1972-1988 yillar davomida O`rta Osiyo Tibbiyot Pediatriya institutining rektori vazifasida faoliyat olib borgan. 

      1963 yilda «professor» unvoni, 1970 yilda «Znak pocheta» ordeni, “Za doblestnqy trud” – medali, 1974 yilda “Otlichnik visshey shkoli” ko`krak nishoni, ordeni va bir qator davlat, kasaba uyushmalarining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

 Majidov V.M.

      1988 -1993 yy – I.I. Shapunova

     Shapunova Izabella Il’inichna – 1936 yilda tug’ilgan. Toshkent Tibbiyot Institutini 1960 yilda imtiyozli tamomlab, institutning “Yuqumli kasalliklar” kafedrasida 1960-1962 yillarda katta tajribakor; 1963 yilda – kafedra assistenti lavozimida ishlagan. 1962-1966 yillarda kunduzgi aspiranturada taxsil olgan. 1966 yilda “K voprosu differentsial’noy diagnostiki sovremennogo xronicheskogo brutselleza i ostatochnix yavleniy posle perenesennoy brutselleznoy infektsiy” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

      16 yaqin ilmiy maqolalarning muallifidar.

 Shapunova I.I.

      1993-1996 yy. – M.B. Sharapov

      Sharapov Maxmud Bakixanovich – 1948 yilda tug’ilgan. 1972 yil Toshkent Davlat Tibbiyot institutini tamomlagan. 1972-1974 yillarda – Toshent tibbiyot instituti  tadkikotchisi 1974-1977 yillarda – Moskva parazitologiya va tropik kasalliklar tibbiyot instituti aspiranti; 1977-1984 yillarda – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  epidemiologiya, yuqumli kasalliklar va ftiziatriya kafedrasi assistenti; 1984-1987 yillarda – Gvineya respublikasida vrach-infektsionist; 1987-1991 yillarda – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  epidemiologiya, yuqumli kasalliklar va ftiziatriya kafedrasi assistenti; 1991–2002 yillarda – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti epidemiologiya, yuqumli kasalliklar va ftiziatriya kafedrasi dotsenti; 2002–2005 yyillarda – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  ilmiy ishlar prorektori; 2005 yil – hozirgi vaqtgacha Toshkent pediatriya instituti  epidemiologiya, yuqumli kasalliklarva ftiziatriya kafedrasi professori.

      SSSR Sog’liqni saqlash a`lochisi bo`lib Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

 Sharapov M.B.

          1996-1997 yy. – A.X. Zakirxodjaev

     Zakirxojaev Asral Xodjaevich – 1938 yilda tug’ilgan. 1966 yil Toshkent Davlat Tibbiyot institutini tamomlagan. 1971 yilda A.X. Zakirxodjaev «Autoimmunniy protsesse u bol’nix infektsionnom gepatite pri nekotorix metodax lecheniya» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoklagan Ilmiy raxbari tibbiyot fanlari doktori, professor Majidov V.M. 1989 yilda «Kliniko-immunologicheskie sopostavleniya tyajelix form virusnogo gepatita v razlichnix vozrastnix gruppax» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qildi. Ilmiy maslaxatchi t.f.d., professor Shuvalova E.P. A.X. Zakirxodjaevning tashkilotchilik faoliyati 1984-1999 yy. davolash ishlari bo`yicha prorektori lavozimidan boshlandi. 1986-2010 yy. “Bolalar yuqumli kasalliklar” kafedra mudiri lavozimida ishladi. 

        A.X. Zakirxodjaev 700 dan ortiq, ilmiy maqolalari, shu jumladan 120 ta o`quv qo`llanma, 25 ratsionalizator taklif, 12 ta monografiya,  4 darslik va 2ta bolalar yuqumli kasalliklar kitobi chop etilgan. U xorijiy mamlakatlarda bir necha bor yuqumli kasalliklar dolzarb muammolari bo`yicha ilmiy anjumanlarda ishtirok etib O`zbekiston sha`nini ximoya qilgan. Uning ilmiy raxbarligi ostida 2 ta doktorlik, 8 ta nomzodlik dissertatsiyalari ximoya kilingan va yana 4 ta doktorlik va 8 ta izlanuvchi dissertatsiyasi ximoyaga tayyorlanyapti.

  Zokirxodjaev A.X.

      1997-1998 yy. – S.N. Boboxodjaev

      Babaxodjaev Sirojiddin 1956 yilda tig’ilgan. 1980 yilda O`rta Osiyo Pediatriya Tibbiyot institutini tamomlab, “patologik fiziologiya” kafedrasida assistent bo`lib ishlagan.1985 yilda nomzodlik disertatsiyasi, 1992 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan; 1993 yildan boshlab EMYUKITI da ixtisoslashgan kengash a`zosi. S.N.Boboxodjaevning 250 ga yaqin ilmiy ishlari nashr etilgan; 6 ta monografiya; 2 ta o`quv uslubiy qo`llanma. S.N.Boboxodjaev raxbarligida 2 ta doktorlik va 23 ta nomzodlik dissertatsiyalari ximoya qilingan. 2009 yildan xozirgi vaqtgacha EMYUKITI da ilmiy ishlar bo`yicha direktor muovini lavozimida ishlab kelmoqda.

  Boboxodjaev S.N.

      1999 yildan boshlab bugungi kungacha kafedraga professor I.A. Qosimov rahbarlik qilamoqda.

      Qosimov Ilxomjon Asomovich – 1952 yilda tug’ilgan. 1969 yil Toshkent Davlat Tibbiyot institutini tamomlagan. 1976-1978 yillar – Toshkent davlat tibbiyot instituti  yuqumli kasalliklar kafedrasi  katta tajribakori; 1979-1986 yillarda – O`zbekiston Respublikasi  Sog’liqni saqlash vazirligi epidemiologiya, mikrobiologiya yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti kichik ilmiy xodimi; 1986-1992 yillarda – Toshkent davlat tibbiyot instituti  yuqumli kasalliklar kafedrasi assistenti; 1992-1994 yillarda – Toshkent davlat tibbiyot instituti  yuqumli kasalliklar kafedrasi  dotsenti; 1994-1999 yillarda – Toshkent Davlat Tibbiyot instituti fakultet dekan muovini; 2000-2012 yillar – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  II- pediatriya fakul’teti dekani; 1999 yil va xozirgi vaqtda – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti epidemiologiya, yuqumli kasalliklar va ftiziatriya kafedrasi mudiri. 

       Professor I.A.Qosimov 270 dan ortiq maqola va tezislari, 20 ta uslubiy, 35 dan ortiq o`quv-uslubiy qo`llanmalari, 5 ta ratsionalizatorlik takliflari, 1 ta avtorlik guvoxnoma, 1 ta monografiya muallifidir. Uning ilmiy raxbarligi ostida 1 ta doktorlik, 6 ta nomzodlik dissertatsiyalari ximoya qilingan

Qosimov I.A.