Kurs haqida

Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Gematologiya kursi 1999 yil 14-mayda tashkil etilgan. Kursning birinchi mudiri dotsent Nadjmitdinova Maxsuma Anvarovna (1999-yildan hozirgi vaqtga qadar) qilib saylangan. Hozirgi kunda kursda asosiy shtatda dotsent Nadjimitdinova M.A, assistentlar Yodgarova N.D, Alimboyeva N.A va o’rindosh assistentlar: t.f.d. Suleymanova D.N, t.f.n. Saxarova O.I, Narmetova M.U faoliyat ko’rsatishmoqda. Kursda tibbiy pedagogika fakultetining 5-va 6-kurs talabalari, pediatria fakultetining 6-kurs talabalari, “Transfuziologiya va Gematologiya” fani bo’yicha ta’lim oladi. Gematologiya kursining xodimlari tarafidan 2 ta ilmiy yo’nalish bo’yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda: “O’smir yoshidagi bolalarda mikro va makro elementozlar”, “Regulyar donorlar- mamlakatimiz himoyasi ostida”. Kurs xodimlari, izlanuvchilari quyidagi muassasalar bilan hamkorlik qilishadi: Gematologiya ilmiy-tadqiqot instituti, O’zbekiston Respublikasi Immunologiya ilmiy-tadqiqot instituti, ToshVMOIdagi Gematologiya kafedrasi, TTAdagi Gematologiya kafedrasi, Moskva shahridagi Gematologiya Ilmiy Markazi. Kurs xodimlari gematologiya fani bo’yicha uslubiy tavsiyalar, o’quv qo’llanmalari yaratishda faol ishtirok etishmoqda. Hozirgi kunda ular tomonidan 4 ta uslubiy qo’llanmalar nashr qilingan. Bundan tashqari kurs xodimlari, izlanuvchilari halqaro anjumanlar, kongresslar va simpoziumlarda faol ishtirok etishadi. Hozirgi kunda ular tomonidan 48 dan ortiq tezis, 35 dan ziyod maqolalar nashr etilgan.