Kurs haqida

ToshPMI Tibbiy genetika kursi, Asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari va tibbiy genetika kafedrasi deb nomlanadi. Kurs respublika skrining markazi binosining 1 q’avatida joylashgan O'zbekiston Respublikasi Sog’liq’ni saq’lash vazirligi buyrug’iga binoan 1993 yil 2 sentyabrda ToshPMI Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi q’oshida "Tibbiy genetika" kursi tashkil q’ilindi va kurs raxbari etib b.f.d. professor O.Ishonkulov. tayinlandi. 28.08.1995 yildagi ilmiy kengash q’aroriga binoan "Tibbiy genetika" kursi "Tibbiy genetika kafedrasiga aylantirildi. 2004 yildan boshlab "Tibbiy genetika" kursi "Asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari" kafedrasi bilan birlashib "Asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari vaTibbiy genetika" kafedrasi deb ataldi. Kafedra mudiri etib t.f.d. professor Sodikova.G.K. " Tibbiy genetika" kursi boshligi q’ilib professor O. Ishonkulov tayinlandi. Xozirgi kunda kurs mudiri professor Madjidova Yoq’utxon Nabievna.