Kurs tarixi

Onkologiya kursi tarixi, O’rta Osiyo pediatriya medistina institutining (hozirgi ToshPMI) “Bolalar xirurgiyasi” kafedrasiga karashli kurs sifatida 1972 yilda tashkil etilgan. Kursning birinchi mudiri etib t.f.n., dostent Ligay Timofey Andreevich (1924-1997) tayinlangan. Ligay T. A. 1996 yilga qadar kurs mudiri sifatida faoliyat yuritgan. Ligay Timofey Andreevich 1946 yilda Toshkent tibbiyot institutining “davolash ishi” fakultetini tamomlagan. Keyinchalik 1952 yilda “Umumiy xirurgiya” yo’nalishi bo’yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 1996 yilda “O’zbekiston xududida teri saratonini tarқalishining o’ziga xos xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertastiyasini ximoya қilgan. Kursning bazasi esa Toshkent shaxar onkologik dispanseri xududidagi, Respublika bolalar onkologiyasi markazida joylashgan. O'zbekiston tarixida bolalar onkologlari, Timofeya Andreevichning shogirdlari bo’lib, ular Respublikamizda bolalar onklogiyasini rivojlanishiga katta xissa qo’shishgan. Mun Mixail Afanasevich (1950- 2008y.y). 1978 yilda O'rta osiyo Pediatriya tibbiyot institutining “Pediatriya” fakultetini tamomlagan. 1980-82 yillarda “Bolalar xirurgiyasi” yo’nalishi bo’yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 1986 yilda Butun Ittifok Onkologiya Ilmiy Markazida (sobiq SSSR) bolalar onkologiyasi bo’yicha birlamchi ixtisoslashuv o’tagan va “onkologiya” kursida assistent lavozimida faoliyat yuritgan. 1996-1998 yillar mobaynida onkologiya kursining mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 1998-2008 yillarda onkologiya kursi yopilib, onkologiya fani bo’yicha darslar “Bolalar gospital xirurgiyasi,urologiyasi va onkologiyasi” kafedrasiga o’tkazilgan. Mixail Afanasevich ushbu kafedra assistenti sifatida onkologiya fanidan o’qituvchilik faoliyatini olib bordi. 2008 yil 24 dekabrda ToshPTI rektori professor Alimov A. V. ning buyrug'i bilan “Onkologiya va bolalar onkologiya” kursi tashkil etilib, kurs mudiri sifatida t.f.d.professor Xakimov G'olib Abdullaevich tayinlandi.