Kafedra mudiri, Tibbiyot fanlari doktori, professor

Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich

ToshPMI Gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri. 1976 yilda O‘rta Osiyo Pediatriya tibbiyot institutini tugatgan. 1979 yildan buyon kafedra xodimi. 1989 yili "Bolalarda o't qopi va jigardan tashqari o't yo'llarining xirurgik kasalliklari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Ilmiy yo‘nalish: bolalar xirurgiyasining hamma bo'limlari. 500 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. 10 ta ixtiro muallifi. Ergashev N.Sh. rahbarligi ostida 2 ta doktorlik va 9 nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangan. Muloqot uchun: Toshkent sh., №2 Shahar bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi, rejali jarrohlik bo‘limi. Tel: ish: 268-87-00. El.pochta: nasriddin_shams@mail.ru

Tibbiyot fanlari doktori, professor

Xamrayev Abdurashid Juraqulovich

1980 yili Samarkand Davlat tibbiyot oliygohini a'lo baholar bilan tugatgan. 1988 yildan buyon kafedra xodimi. 1990 2000 yilda "Erta yoshdagi bolalarda paraproktit (klinika, diagnostika va davolash)" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Ilmiy yo‘nalishi: bolalar koloproktologiyasi, abdominal xirurgiya, neonatal xirurgiya, yiringli xirurgiya. 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, 8 ta monografiya, 10 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanmasi, 30 dan ortiq metodik qo‘llanma, 6 ta patent muallifi. Muloqot uchun: Toshkent sh., №1 Shahar bolalar klinik shifoxonasi, bolalar xirurgiyasi bo‘limi, Tel: 970-61-62. Elektron pochta: abdurashid-56@rambler.ru

Tibbiyot fanlari doktori, professor

Ergashev Baxtiyor Berdaliyevich

1989 yilida ToshPMIni tugatgan. 1992 yildan buyon kafedra xodimi. 2007 yilda "Yangi tug‘ilgan chaqaloq va ko‘krak yoshidagi bolalarda buyrak rivojlanish nuqsonlarining diagnostikasi va davosi" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Ilmiy yo‘nalishi: neonatal xirurgiya va bolalar urologiyasi. 160 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Pediatriya fakulteti talabalari va magistrlari uchun 3 ta metodik tavsiyalar va 3 ta ixtiro panenti muallifi. Muloqot uchun: Respublika Perinatal markazi qoshidagi "Neonatologiya o'quv-davolash-uslubiy markazi", Toshkent shahri. Tel: 618-42-26, ebaxt_66@mail.ru

Tibbiyot fanlari doktori, assistent

Sattarov Jamol Baxronovich

2007 yilda Samarqand Davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakultetini tamomlagan. 2007 yildan 2011 yilgacha ToshPTI gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasida magistrlik darajasini oldi. 2012 yildan 2015 yilgacha ToshPTI gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasida doktoranturani o’tdi. 2015 yildan boshlab ToshPTI gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasida assistenti, tibbiyot fanlari doktori. 2016 yilda «Bolalardagi ichakni fiksaciyasi va aylanishlari buzilishlarida diagnostika va jarrohlik taktikasini tanlash» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy qiziqishlari: qorin bo'shlig'i jarrohligi, koloproktologiya. 80 dan ortiq ilmiy maqolalar, 1 ixtiro patenti muallifi.

Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent

Xamidov Bahodur Xamidovich

1976 yilda O‘rta Osiyo meditsina institutini tugatgan. 1980 yildan buyon kafedra xodimi. 1989 yilda "Bolalarda kalkulyoz piyelonefritni kompleks davolashda antibiotikni koamid bilan birgalikda to‘qima ichiga yuborish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoklagan. 210 dan ortiq ilmiy va metodologik maqolalar 23 ta ratsionalizatorlik, 27 metodik tavsiyanomalar muallifi. Ilmiy yo‘nalishi: abdominal xirurgiya, koloproktologiya, torakal jarroxlik. Muloqot uchun: Toshkent sh., №2 Shahar bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi, rejali jarroxlik bo’limi. Tel: 324-16-88

Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent

Allaberganov Ismail Qodirovich

1998 yili Toshkent Peditariya tibbiyot institutini tugatgan. 1999 yildan beri kafedra xodimi. 2007 yili «Chaqaloqlik va go‘daklik yoshidagi bolalarda orqa miya churralarining kechishi va operativ davo natijalari» mavzusida nomzolik dissertatsiyasini yokladi. Ilmiy yo‘nalishi: abdominal xirurgiya. 50 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan, 1 ta ixtiro patenti muallifi. 2010 yilda chop etilgan pediatriya fakulteti talabalari uchun medodik qo‘llanmaning hammuallifi. Muloqot uchun: Toshkent sh., №2 Shahar bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi, rejali jarrohlik bo‘limi. Tel: 370-79-08

Filosofiya doktori, assistent

Yakubov Erkin Amangeldievich

1995 yilda ToshPMIni tugatgan. 1995-1997 yillarda ToshMIning Urganchdagi filialida klinik ordinaturani o’tgan. 1997-1998 yillar Xiva markaziy shifoxonasida bolalar jarrohi vazifasida ishlagan. 1999 yildan beri ToshPMI gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasida assistent lavozimida ish olib boradi. 2018 yilda “Bolalarda tashqi o't yo'llari kistoz kengayishini tashxisoti va davosi” Phd dissertatsiyasini yo'qladi (14.00.35). Ilmiy yo’nalishi: bola gepatologiyasi, koloproktologiya. 80 dan ortiq ilmiy maqola, 2 ta ixtiro patenti muallifi. Muloqot uchun: Toshkent sh., Muloqot uchun: Toshkent sh., №2 Shahar bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi, rejali jarrohlik bo‘limi. 

Filosofiya doktori, kafedra assistenti

Otamurodov Furqat Abdukarimovich

2006 yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot oliygohini tugatgan. 2006-2009 yillarda ToshPMIning gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasida magistraturani o‘tdi. 2013 yildan buyon kafedra xodimi. 2018 yilda "Qiz bolalarda anorektal nuqsonlar asosiy klinik turlari tashxisoti va davosi" - 14.00.35 mavzusida PhD dissertatsiyasini yoqladi. ilmiy yo‘nalishi: abdominal xirurgiya, bolalar koloproktologiyasi. 30 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. 2 ta ixtiro patenti hammuallifi. Muloqot uchun: Toshkent sh., №2 Shahar bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi, rejali jarrohlik bo‘limi. Tel.: 185-62-64

Kafedra assistenti

Xurramov Farrux Musinovich

2000 yilda Samarqand Davlat Tibbiyot oliygohining pediatriya fakultetini tugatgan. 2001-2004 yillarda ToshPMIning gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasida magistraturani o‘tdi. 2006 yildan buyon kafedra xodimi. Ilmiy ish mavzusi: "Bolalarda yo‘g‘on ichak rivojlanish nuqsonlarida optimal davo va rezeksiya usullarini tanlash". 14.00.35. Ilmiy yo‘nalishi: abdominal xirurgiya, bolalar koloproktologiyasi. 130 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Muloqot uchun: Toshkent sh., №2 Shahar bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi, rejali jarrohlik bo‘limi. El.pochta: x_fm@mail.ru

Kafedra assisteni

Raxmatullayev Adxam Abadbekovich

1997 yili Toshkent Pediatriya tibbiyot institutini o‘qib tugatgan. 1997-1999 yillarda ToshPMI bolalar xirurgiyasi kafedrasida klinik ordinaturani o‘tgan. 1999 yildan buyon kafedra xodimi. Ilmiy ish mavzusi "Bolalarda nafas yo‘llari yot jismlarining diagnostikasi va davo taktikasi" 14.00.35. Ilmiy yo‘nalishi: bolalar torakal xirurgiyasi. 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Muloqot uchun: Toshkent sh., №2 Shahar bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi Tel: 188-84-32. El. pochta: adham1974@mail.ru

Kafedra assistenti

Hakimov Timur Po'latovich

1987 yilda SAMPIni imtiyozli bitirgan. 1988 yilda bolalar xirurgiyasi yo’nalishi bo’yicha internarurani o’tgan. 1988-1989 yillar mobaynida SAMPI klinikasining shoshilinch postida bolalar xirurgi bo'lib ishlagan. 1989 yildan boshlab ToshPMI gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasida assistent bo'lib ishlamoqda. Ilmiy ish mavzusi "Bolalarda yorg’oq shish sindromining diagnostika va davolash taktikasi". Bolalar jarrohligi - 14.00.35. Ilmiy qiziqishlari: urologiya va umumiy bolalar xirurgiyasi. 40 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Muloqot uchun: Toshkent sh., №2 Shahar bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi, rejali jarrohlik bo‘limi.

Tibbiyot fanlari nomzodi, assistent

Nazarov Nurali Nurmuhammadovich

1992 yilda ToshPMIni tamomlagan. 1992-1994 yillarda TashPMI 2-sonli bolalar jarrohligi kafedrasida klinik ordinaturada o'qidi. 1998 yilda "Bolalardagi obstruktiv xolangiopatiyaning diagnostikasi va davolash" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 14.00.35. 2010-2013 yillarda ToshPMI kasalliklari bolalar jarrohligi kafedrasida doktorani o’tgan. Ilmiy ish mavzusi "Bolalarda megakolonni diagnostika va xirurgik davolashning zamonaviy usullari". Ilmiy yo’nalishi: gepatologiya, bolalar koloproktologiyasi. 50 dan ortiq ilmiy maqolalar va 2 ta ratsionalizatorlik taklifi muallifi. Muloqot uchun: Toshkent sh., №2 Shahar bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi, rejali jarrohlik bo‘limi. 

Assistent

Rahmatullaev Sirojiddin Kusniddinovich

2014 yilda Toshkent Pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan. 2014-2016 yillarda ToshPMI gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasida klinik ordinaturani o'tdi. 2016 yildan beri kafedra xodimi. Ilmiy yo’nalishi: bolalik urologiyasi. 8 ta ilmiy maqolalari chop etilgan. Muloqot uchun: Toshkent sh., №2 Shahar bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi, rejali jarrohlik bo‘limi.