Litsey haqida
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Akademik litseyiga 1997 yilda asos solingan. 1999 yilda Akademik litsey maqomiga ega bo`lgan. Litsey 540 o`quvchiga mo`ljallangan bo`lib, chuqurlashtirib o`tiladigan fanlar kimyo va biologiya. Tayyorlov yo`nalishi: tabiiy fanlar (biologiya, kimyo, ona tili va adabiyoti). O`quv xonalari barcha jixozlar bilan ta`minlangan: 6 ta lingofon xonalari, 4 ta kompyuter xonalari, biologiya, kimyo, fizika fanlari uchun o`quv va laboratoriya xonalari, multimedia sistemasi va xokazolar. Litsey o`qituvchi xodimlari orasida 2 nafar fan doktorlari mavjud. Iste`dodli va ilmiy salohiyatga ega bo`lgan yoshlar tarbiyasida litseyning hissasi juda katta. Litseyda Kimyo, Biologiya, Aniq fanlar, Ijtimoiy fanlar va Tillar kafedralari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Bundan tashqari biologiya, kimyo, informatika, ingliz tili, matematika fanlaridan Fan to`garaklari bor. Sport to`garaklaridan: shaxmat, shashka, tennis, yengil atletika, futbol, basketbol, voleybol va kurash. Litsey bitiruvchilariga "Tibbiy laboratoriya laboranti" mutaxassisligi beriladi.