Litsey tarixi
ToshPTI litseyiga 1997 yilda asos solingan bo`lib, 1999 yilda "Akademik litsey" maqomi berilgan. Litsey 21 yillik tarixi mobaynida minglab o`quvchilarga taxsil be rish bilan birga, O`zbekiston iftixori bo`lgan Olimpiada g`oliblarini xam tayyorlab, xam tarbiyalab kelmoqda. Akademik litsey tabiiy fanlar yo`nalishiga ixtisoslashtirilgan. Bugungi kunda litsey bitiruvchilari orasida ko`pgina qobiliyatli va salohiyatli shaxslar bor. ToshPTI akademik litseyi songgi 10 yil davomida Kimyo bo`yicha Xalqaro Mendeleyev va Butun dunyo fan Olimpiadalarida qatnashish sharafiga ega bo`lib kelmoqda. Shu qisqa muddat ichida litsey o`quvchilari o`z bilim va ko`nikmalarini xalqaro maydonda munosib ravishda ko`rsatib ulgurdilar. Ustozlarning mashaqqatli mehnati o`zsamarasini bergani bunga dalil. Bu yutuqlar bilan ToshPTI albatta faxrlanadi. Kimuo fani Olimpiada natijalari bo`yicha litseyimiz nafaqat litseylar miqyosida, nafaqat Respublika miqyosida hatto MDH davlatlari orasida nufuzli o`rinni egallab turipti. O`n yillik natijalarni sarhisob qilsak, shunday ko`rinish hosil bo`ladi: jami 43 ta medal. Shulardan: 5 ta oltin medal (3 tasi Xalqaro Mendeleev Olimpiadasi, 2 tasi Butundunyo Kimyo Olimpiadasi) 11 ta kumush medal (9 tasi Xalqaro Mendeleev Olimpiadasi, 2 tasi Butundunyo Kimyo Olimpiadasi) 27 ta bronza medal (19 tasi Xalqaro Mendeleev Olimpiadasi, 8 tasi Butundunyo Kimyo Olimpiadasi) 47 ta turli diplom va sertifikatlar.