Bo`linma ishlari

Bo’lim faoliyati Bo’lim boshlig’i lavozimi yo’riqnomasi • Bo’limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish; • Bo’limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta'minlash; • Bo’lim maqsadidan kelib chiqib ta'lim muassasasida mutasaddi bo’lgan bo’g’inlar faoliyatini muvofiqlashtirish; • O’zbekiston Respublikasining ta'limga oid qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining Hay'at qarorlari, buyruqlari, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo’limlarda bajarilishini ta'minlash va monitoringini olib borish; • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish; • O’quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o’rtasida yo’nalish bo’yicha manfaatli qamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish. Bo’lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlikning Hay'at qarorlari, buyruqlari, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi; • Toshkent pediatriya tibbiyot institutida boshqaruv lavozimida zarur bo’lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta'lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko’nikmalarga; • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas'uliyat qissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga; • Oliy ma'lumotga ega bo’lishi; • Bo’lim yo’nalishi bo’yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo’lishi zarur. Katta inspektor lavozimi yo’riqnomasi • Toshkent pediatriya tibbiyot institutida qonunlar, Prezident farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirlik va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qaror va buyruqlarini va boshqa me'yoriy hujjatlar ijrosini nazorat qilish va monitoringini olib borish; • Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi fakultetlar, kafedralar, akademik liseylar va boshqa tarkibiy bo’linmalarning o’quv, o’quv-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarining, qay'at va Ilmiy kengash qarorlari va boshqa ta'lim soqasidagi me'yoriy qujjatlarning monitoringini tashkil qilish; • Me'yoriy hujjatlarning ijrosi va monitoring natijalari to’qrisidagi ma'lumotlarni tegishli vazirlikka o’z vaqtida va sifatli taqdim etish; • Bo’lim boshliqi tomonidan topshirilgan boshqa ishlarni bajaradi. • O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riqnomalar va me'yoriy hujjatlarni, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ichki tartib-qoidalari, me'yoriy hujjatlarini bilishi. • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga ega bo’lishi; • Oliy ma'lumotga ega bo’lishi; • O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma'lumotlardan xabardor bo’lishi zarur. Inspektor lavozimi yo’riqnomasi • Ishga qabul qilish, lavozimidan lavozimga o’tkazish hamda ishdan bo’shatish xujjatlarini rasmiylashtirish; • Xodimlarni shaxsiy xujjatlarini shakllantirish; • Statistik xisobotlarni olib borish; • Mehnat daftarchalarini xisobi va ularni yuritish; • Bo’limning barcha hujjatlarini yuritish; • Buyruqlarni rasmiylashtirish, yig’ma jildlarga o’tkazish; • Buyruqdan ko’chirmalar tayyorlash. • Saqlanayotgan qujjatlarni yil yakunida arxivga saqlash uchun topshirish; • Kirish va chiqish xatlari, shuningdek turli so’rovnomalarni ro’yxatdan o’tkazish; • Bo’lim hisobotini tayyorlash; • Bo’lim boshlig’ining topshiriqlarini bajarish. • O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riqnomalar va me'yoriy hujjatlarni, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ichki tartib-qoidalari, me'yoriy hujjatlarini bilish. • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga ega bo’lishi; • Oliy ma'lumotga ega bo’lishi; O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma'lumotlardan xabardor bo’lishi zarur.