Bo`linma haqida

 

          ToshPTI  Innovatsiya Markazi oliy o’quv yurtining tarkibiy qismi bo’lib, yangi texnologiyalarni mukammal egallagan holda oliy o’quv yurtining ta’lim va boshqaruv tizimida AKT ni qo’llashga innovatsion yondashuvdan iboratdir.

          Innovatsiya Markazining asosiy maqsadi AKT ni qo’llash va tadbiq etish yo’li bilan davlat ta’lim standartlarining zamonaviy talab va yo’nalishlariga mos holda ToshPTI ning ta’lim xizmatlari sifatini oshirish va oliy o’quv yurtini samarali boshqaruvini amalga oshirishdir.

          Innovatsiya Markazi mutaxassislarining faoliyatining asosiy vazifalari bosh maqsadga erishishga qaratilgan bo’lib, ulardan quyidagilarni ustuvor vazifa sifatida ajratib ko’rsatish mumkin:


-    ToshPTI hodimlarining AKT sohasidagi malakasini oshirish va o’qitishga qaratilgan strategiyasini amalga oshirishga ko’maklashish;
-    ToshPTI mutaxassislarining malaka oshirish tizimidagi va O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimi hodimlarining AKT sohasidagi ta’lim dasturini realizatsiya qilish;
-    ToshPTI o’qituvchilar va boshqaruv jamoasini ma’lumotlar bilan qo’llab quvvatlash;
-    Telekompyuter tizimidan foydalangan holda, ToshPTI da amalga oshirilgan ta’lim jarayoni ishtirokchilarning o’quv -uslubiy birligini ta’minlash;
-    AKT dan foydalangan holda o’qituvchilarning ilg’or tajribalarini aniqlash, jamlash va tarqatish.
-    Tanlov, seminar, trening va ilmiy-amaliy konferensiylarni tashkil qilish va o’tqazish orqali o’qituvchilar va o’quvchilarning shaxsiy va ijodiy yutuqlarini qo’llab quvvatlash tizimini yaratish;
-    Kafedralar va o’quv yurtining bo’linmalari tomonidan AKT va vebsaytan foydalanishini nazorat qilishni tashkil etish;
-    Milliy va xalqaro ilmiy va ta’lim loyihalarida ishtirok etish;

          Innovatsiya Markazi jamoasida o’qituvchilik, tashkiliy ishlar, murabbiylik ishlarida yutuqlarga erishgan, ta’lim jarayonida foydalanilayotgan AKT bo’yicha o’quv –uslubiy materiallar muallifi bo’lgan, o’z ishining yuqori malakali mutaxassislari (kasbiy tanlovdagi g’alaba, olingan grant va loyihalar, stipendiyalar va h.k) faoliyat olib bormoqda.

          Markaz faoliyati ToshPTI ning barcha markaz, bo’lim va kafedralari bilan hamjihatlikda amalga oshirilmoqda.shuningdek markaz hududiy va xalqaro miqyosdagi ta’lim muassasalari bilan birga faoliyat olib borishga harakat qilmoqda.