Bo`linma haqida
2017 yilning 1-14 dekabrida ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshchiligida ishchi guruhlar tomonidan kafedralar faoliyati o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida kafedralarga ilmiy, o‘quv metodik, ma’naviy-ma’rifiy ishlar o‘quv jarayoniga tegishli me’yoriy huquqiy hujjatlarni yuritilishi bo’yicha amaliy tavsiyalar berildi. Har bir kafedrada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909- sonli; 2017 yil 5 maydagi “O’zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2956- sonli va 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-sonli qarorlar ijrosi bo’yicha taqdimо’tlar o’tkazildi.