Bo`linma ishlari

1. Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi institut talabalarini milliy istiqlol g’oyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug’ va oliyjanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga mo’ljallangan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

2. Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi:
• Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha qabul qilingan hujjatlari va ko’rsatmalarini institut jamoasiga o’z vaqtida yetkazish va ulardagi vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi;
• Fakul’tetlar ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha mas’ul xodimlari va jamoatchilik kengashlari faolyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
• Talabalar turar joylarida  ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil etadi;
• ARM ma’naviy-ma’rifiy hayotini nazorat qiladi;
• «Axborot guruhi» uchun yetarli shart-sharoit yaratadi;
• Ustoz-murabbiylar kengashi faoliyatini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
• «O'zbekiston Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkilotlari hamda turli jamoatchlik harakatlari va tuzilmalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi;
• Ma’naviy-ma’rifiy maqsadlarda to’garaklar, klub va yig’inlar tashkil etadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
• Institut ommaviy tadbirlarida, hashar va obodonchilik ishlarida institut  jamoasi va talabalarning keng ishtirokini ta’minlaydi.