Dolzarb ilmiy loyihalar


Dolzarb ilmiy loyihalar

2015 yildan boshlab hozirgi kungacha ToshPTI da Fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga muvofiq tibbiy fan va texnikasining muhim ilmiy va texnologik masalalarini yechishga qaratilgan 13 ta fundamental (1) va amaliy (12) tadqiqotlar bo’yicha ilmiy-texnik dasturlar borasida ilmiy-tadqiqot ishlar bajarilmoqda.

 Izlanishlarning asosiy yo'nalishlari:

Asosiy dolzarb ilmiy yo'nalishlar O’zbekistondagi fan va texnologiyalar rivojlanishining asosiy dolzarb yo'nalishlariga mos kelmoqda va quyidagi vazifalarni yechishga yo'naltirilgan:

  • Odam organizmida patologik sharoitlarning genetik polimorfizmi va boshqa omillarini aniqlash asosida kasalliklarni differentsial terapiyasi va yangi davolash usullarini ishlab chiqish;
  • Homiladorlik va tug'ish patologiyalari, bolalar va kattalarda ijtimoiy ahamiyatga ega yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning patologik alomatlarini preklinik va erta bosqichlarda oldindan aniqlash maqsadida skrining diagnostika usullarini yaratish;
  • Yangi tibbiy va tashxis uskunalarning turlarini (vositalar, qurilmalar, uskunalar, test tizimlari va boshqalar) va biologik implantlarni, shuningdek noinvaziv yoki minimal invaziv usullardan foydalanish uchun yangi texnologiyalarini yaratish;
  • Organizmning individual reaktivligi (genetik, immunologik, biokimyoviy va boshqa) va rezistentligini hisobga olgan holda inson salomatligiga ekologik, ishlab chiqarish, alimentar va meteo-bog'liq omillarning salbiy oqibatlarini prognozlash va oldini olish tizimlarini ishlab chiqish;
  • Reproduktiv va klimakterik davrdagi ayollarning hamda jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchi bolalar va o'smirlarning salomatligini muhofaza qilish uchun samarali texnologiyalarni ishlab chiqish;
  • Sog'liqni saqlash sohasida davolash-tashxislash jarayonlarni boshqarishda foydalanish uchun yagona axborot texnologiyasi tizimini va elektron hujjat tarmoqlarini yaratish;
  • Axborot texnologiyalari, bashoratli va matematik modellashtirish yordamida profilaktik sog'liqni saqlash modeliga o'tish ilmiy asoslarini ishlab chiqish, nazorat va o'qitish yo'llarini takomillashtirish.

 

deti 1   deti 2   deti 3          images