Bo`linma tarixi

 

Xorijiy tibbiyot muassasalari va tibbiy OTMlari bilan xalqaro aloqlarni yo`lga qo’yish maqasadida Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturiga mos ravishda 1997 yil ToshPTI Rectori Asadov D.A. buyrug’i (№45 ichki buyruq “Xalqaro aloqalar bo’limini tashkil etish” to’g’risida) asossida Xalqaro Aloqalar Bo’limi (XAB) tashkil etildi. 2001 - yilda TashPTI XABi O`zbekiston Respublikasi SSV tomidan tasdiqlandi.

XABning birinchi rahbari 1997-2001 ga qadar Sharipov A.M. Keyinchalik 2001-2002-yillari Yadgarova K.T., 2002-2011 yillarda Jafarov M.M., 2011-2012 – yillarda Khaitov Q.N., 2012-2015 – yillarda esa Yuldashev M.A. rahbarlik qildi. Hozirgi kunda XAB rahbari Nurxodjaev S.N. hisoblanadi.

O’tgan 20 yil ichida XAB tomonidan ulkan ishlar amalga oshirildi va institut xalqaro aloqalari O’zbekiston OTM lari ichida namunaviy darajaga etdi. Hozirda institut 20 dan ortiq xalqaro shartnomalar hamda anglashuv memorandumlari mavjud. Shunigdek, 10 dan ortiq davlatlar bilan aloqalar o’rnatildi va ToshPTIda 6 davlat vakillaridan iborat xorijiy talabalar ta’lim olishadi. Har yili 50 dan ortiq ToshPTI mutaxassislari chet ellarda malaka oshirishadilar.