Bo’lim ish faoliyati

Marketing xizmati bo'limining maqsadi:

Ta'lim xizmatlari bozorida oily ta'lim muassasasi faoliyat ko'rsatishning aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini iste'molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo'lg'si mutaxassis shaxsiga qo'yilgan talablarni bajarishga yo'naltirish hamda bu jarayonga raxbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg'a siljitish rag'batini ta'minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta'lim xizmatlari ko'rsatishga o'z vaqtida tayyorgarlik ko'rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.

Marketing xizmati bo'limining vazifalari:

• Tibbiyot muassasalari rivojlanishi istiqboli to'g'risidagi ma'lumot tayyorlash.
• Bitiruvchilarni ishga joylashtirish mumkin bo'lgan korxona va tashkilotlar to'g'risida axborot bazasini yaratish.
• Kadrlar tayyorlash yo'nalishkariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soxaning bakalavr va magistrlarga bo'lgan uzoq muddatli extiyojlarini belgilash  tizimini takomillashtirish.
• Ta'lim yo'nalishlari (mutaxassisliklar), respublika viloyatlari va mintaqalari korxona va muassasalar kesimida kadrlar iste'molchilari bilan kelishilgan “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish (qabul va bitiruvchilar uchun aloxida), bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari qabul bo'yicha takliflar ishlab chiqish.
• Bitiruvchilarni ishga joylashtirish, o'z mutaxassisliklari bo'yicha faoliyat monitoringini olib borish, kadrlar buyurtmachilarning mutaxassislar tayyorlash o'quv dasturlariga ma'lum o'zgarishlar kiritishga oid takliflarini ko'rib chiqish jarayonlarini takomillashtirish.
• Korxona va muassasalar bilan talabalar amaliyotini o'tash va ularni ishlab chiqarish korxonalariga kelgusida ishlashlari uchun biriktirib qo'yish to'g'risidagi shartnomalar tuzish.
• Oily va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlarga belgilangan tartibda xujjatlarni va xisobotlarni topshirish.
• Marketing xizmati bo'limining hisobotini tayyorlash.

Bo’lim tarkibi (tuzilishi): 4-shtat birligida faoliyat ko’rsatadi, bulardan:

•    1-birlik - bo’lim boshlig’i.
•    1-birlik – 1 toifali iqtisodchi
•    1-birlik - yosh mutaxassislar bilan ishlash bo`yicha inspektor.
•    1-birlik – nazoratchi.