Fakultet Kengashi Faoliyati

Fakultet Kengashi Faoliyati

 

1-Pediatriya fakullteti Kengashi tarkibini 14 ta kafedra mudirlari tashkil etadi. Fakultet Kengashi yig’ilishlari reja asosida, oyda bir marotaba, o’quv yilida esa jami 10 marotaba o’tkaziladi. Bunda fakultet bo’yicha o’quv – uslubiy ishlarini, ma’naviy – ma’rifiy ishlarini va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilishi ko’rib chiqiladi.

Fakultet Kengashining xar bir yig’ilishida Institut Ilmiy Kengashi qarorlarining bajarilishi xolatiga, ta’lim jarayonini tashkillashtirishga ta’luqlik dolzarb muammolarga, xamda yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga bag’ishlangan masalalar muhokama qilinadi.

Sattarova  

Sattarova Zebo Rasulovna – 1965 yil Samarqand viloyatida  tug’ilgan. 2004 yilda ToshPTIni tamomlagan va Jamoat salomatligi va sog’likni saqlashni boshqarish kafedrasida assistent lavozimida ish yuritgan. 2010-2012 yillarda ToshPTIni “Hamshiralik ishini tashkillashtirish va boshqarish” yo’nalishi bo’yicha  magistraturani bitirgan. 2012-yildan boshlab, hozirgi kunga qadar  Jamoat salomatligi va sog’likni saqlashni boshqarish kafedrasida assistent lavozimida ish yuritib kelmoqda. Shuningdek, 2013 yilning Sentyabr oyidan boshlab I pediatriya  fakultetining ilmiy kotibasi lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

tel: +998 (71) 260-38-03