MUHTARAM HAMKASBLAR!

MUHTARAM HAMKASBLAR! Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida o’quv uslubiy konferensiya o’tkazilmoqda. «Oliy tibbiy ta’limda zamonaviy texnologiyalarning qo’llanilishi va samaradorligi» O’tkazilish sanasi – 6 yanvar 2017 yil Manzil - Toshkent sh., ToshPTI Konferensiyaning tashkiliy qo’mitasi oliy tibbiy ta’limda ta’lim berishning dolzarb masalalariga bag’ishlangan mazkur konferensiyada qatnashishga barcha pedagoglar, professor-o’qutuvchilarni taklif qiladi. Konferensiya oliy tibbiyot muassasalarida ta’lim berishning yangi zamonaviy usullari, ilmiy va amaliy tajribalar almashishni ko’zda tutadi. Konferensiya quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’tkaziladi : - o’quv jarayonida zamonaviy pedagogic va davolash-diagnostik texnologiyalarning qo’llanilishi; - OTM da ta’lim berishning pedagogic-uslibiy muammolari; - ta’lim berishning istiqbollari va muammolari. Maqola va tezislar uzbek, rus va ingliz tillarida berilishi mumkin. Ilmiy maqola va tezislar tashkiliy qo’mitaga quyidagi talablar asosida rasmiylashtirilib yetkazilishi lozim: 1. Matn formati Microsoft Word. 1,5 intervalda Times New Roman 14 pt (yozma va electron variantda) topshirilishi shart. 2. Matn formatining chegarasi:tepadan, pastdan, chapdan, o’ndan – 2,5. 3. Мatnning tepa qismi o’rtasida maqolaning va tezisning nomi bosh harflar bilan beriladi. Keyingi qatorning o’rtasida muallif haqida quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi lozim: Ismi, familiyasi, ilmiy darajasi va unvoni, tashkilot nomi (o’quv yurti nomi) va e-mail. Maqola va tezislar 2016 yil 15 dekabrgacha qabul qilinadi, quyidagi manzilga jo’natilishi kerak: Toshkent shahri, 100140, Bog’ishamol ko’chasi 223. Konferensiyaning tashkiliy qo’mitasi rektorat binosi, 1 – etaj, 6 xona, o’quv uslibiy bo’lim Isaxanova Nigora, e-mail: edudep@tashpmi.uz Telefon: (+99871) 260-31-27, Fax: (+99898) 262-33-14