Bo`linma haqida

O`quv – uslubiy bo`limi ToshPTIning tarkibiy qismi bo`lib, institut Ustavi va o`z Nizomi asosida ish faoliyatini yuritadi, rectorbuyruqlarini va o`quv ishlari prorektorining farmoishlarini bajaradi. O`zbekiston Respublikasining Ta`lim to`g`risidagi Qonuni asosida DTS lari orqali o`quv jarayonini tashkillashtiradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich ro`yobga chiqarish yuzasidan komleks tadbirlar rejasini va fanlar, kafedralar bo`yicha o`quv, uslubiy ishlarni tashkillashtiradi. Bo`limda ta`lim jarayonini tashkil qilish uchun o`quv yili grafigi, ishchi o`quv rejasi va fakultetlar, fanlar bo`yicha dars jadvali tuziladi. O`quv jarayonini tashkillashtirishni ma`lum maqsadga yo`naltirish, o`qitishning shakl, uslub, vositalarini shu asosida tanlash yo`li bilan ToshPTI talabalarining oliy ta`limning asosiy kasbiy ta`lim dasturlari asoslarini egallashlari uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratilishini nazorat qiladi. Talabalar bilimini reyting tizimida baholash turlarini belgilaydi. O`quv – uslubiy adabiyotlar bilan ta`minlanganlikni nazorat qilish, tayyorlanishi bo`yicha rejalar tuzish, mualliflar bilan ishlash, muxokamaga tayyorlash va xujjatlarni rasmiylashtirish bo`yicha ishlar olib boradi.