Bo`limning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:
• O`quv rejasiga muvofiq o`quv jarayonining hamma turlarini boshqarish.
• O`quv mashg`ulotlarini borishi va tashkillashtirishni nazorat qilish.
• Kafedra o`quv ishlariga ma’sul shaxslarni ishlarini yo`naltirish.
• Kafedralar o`quv va uslubiy ishlarining mazmuni hamda xajmini aniqlash va nazorat qilish.
• Etakchi tajribalarni ta’limga tadbiq etish ishlarini tashkillashtirish.
• Turdosh institutlar bilan uslubiy aloqalarni amalga oshirish.
• Yuqori tashkilotlardan kelgan o`quv-uslubiy jarayoniga taalluqli buyruqlar, farmoishlar, ko`rsatmalar, yo`riqnomalarni, institut rektorati kengash qarorlarini, rector buyruqlarini, o`quv jarayonini yuritish va tashkillashtirish masalalari bo`yicha bajarilishini nazorat qilish.
• O`quv xonalaridan to`g`ri foydalanishni rejalashtirish va nazorat qilish.
• Kafedralarni o`quv jarayoniga tayyorligini tekshirish.
• Xisobotlar tuzish.
• Kerakli xisobot xujjatlarni buyurtmasini rasmiylashtirish.
• Dekanat ishini nazoratini amalga oshirish.
• O`quv jarayonini mukammallashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish.
• Shtat jadvali hamda o`quv yuklama soatlarini ishlab chikish.
• O`qitishning texnik vositalari bo`yicha yangi talim shakllarini joriy etilishini nazorat qilish.
• Kafedralarni o`quv – yuklama bo`yicha yillik xisobotini taxlil qilish.
• Kafedralar tomonidan tayyorlangan o`quv uslubiy qo`llanmalarni ro`yxatga olish.
• DTS, o`quv ishchi dasturlarni taҳlil etish, tasdiqdan o`tkazishga tayyorlash.
• Guruh, kurs va fakultetlarning o`quv mashg`ulotlari va yakuniy baholash jadvalini tuzish.
• O`quv uslubiy xarakterdagi masalalar bo`yicha kafedralar bilan aloqani amalga oshirish.
• Nazariy seminar va konferenstiyalarni tashkil qilish va o`tkazish ishlarida qatnashish.
• Kafedrada soatbay ishlovchilarning yuklamalari va jurnallarining yuritilishini nazorat qilish.
• 4-ta`lim shaklida institut bo`yicha jamlanma xisobot tuzish.
• O`quv jarayonidagi xisob-kitob, rejalashtirish bo`yicha xujjatlar bilan kafedralarni ta’minlash.
Bo`lim strukturasi: bo`lim 7 shtat birligidan iborat:
• Bo`lim boshlig`i - 1
• Metodist - 2
• Inspektor – 2
• Dispetcher – 2
• Statist - 1