JSST akusherlik ta'limi ekspertlarining ToshPTiga tashrifi

Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotihing 2014-2015 yillarga mo'ljallangan hamkorlik rejasiga asosan tashrif buyurishgan akusherlik ta'limi ekspertlari: Kardiff Universitetining tibbiy kolleji professorlari Jill Hanter va Linn Linch hamda JSST maslahatchisi Margarita Langins ToshPTI Oliy hamshiralik ishi bo'limi o'quv jarayoni bilan tanishishdi. Professor-o'qituvchilar va talabalar bilan fikr mulohaza almashishdi.