"Akusherlikda shoshilinch yordam" seminar-treningi

2017 yil 10 oktyabrdan 20 oktyabrgacha RAGIIAM trening-simulyatori va o'quv markazi bazasida "Akusherlik" mutaxassisligi bo'yicha Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi o’qituvchilari uchun "Akusherlikda shosholonch yordam" mavzusida seminar-trening o'tkazildi. Trening O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi va Birlashgan Millatlar Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA) ko'magida tashkil qilindi va o'tkazildi. Fakultetimiz xodimlari seminar ishtirokchilari va trenerlari sifatida ishtirok etdilar.