Bo`linma tarixi

"Oliy hamshiralik ishi" bo'limi 1999-2000 o'quv yilida tashkil topgan.

Grunina Inessa Ivanovna “Oliy xamshiralik ishi” bo’lmimning birinchi dekani, 1999 yilda “Oliy xamshiralik ishi” yo’nalishi tashkillashtirilgan va Inessa Ivanovna ushbu bo’limning birinchi dekani bo’lganlar, yo’nalishning shakllanishida, meyoriy xujjatlar tayyorlashda, namunaviy va o’quv dasturlar yaratishda faol qatnashganlar.

grunina

Shomansurova Elmira Amanullaevna 2001 – 2004 yillarda “Oliy xamshiralik ishi” bo’limi dekani. E.A. Shomansurova tibbiyot fanlari doktori, professor, 80 dan ortiqilmiy ishlari chop etilgan, 3 tibbiyot fanlari nomzodi tayyorlangan; 4 darslik, 20 o’quv-uslubiy qo’llanma muallifi, shu jumladan 2-ta darslik Oliy xamshiralik ishi yo’nalishi talabalari uchun.

shomansurova

Hozirgacha “Oliy xamshiralik ishi” yo’nalishi bo’yicha 300dan ortiqtalaba o’qishni bitirib, respublikamiz tibbiy muassasalarida, tibbiyot kollejlari va institutlarida faoliyat olib borishmoqda. Bitiruvchilarimiz Janubiy Koreya, Yaponiya, Shotlandiyada o’z malakalarini oshirib keldilar.

фото 1