PEDIATRIYA ISHI FAKULTETI
Mazkur fakul'tet institut tashkil etilganidan buyon mavjud. 5720200 «Pediatriya ishi» yo`nalishi esa O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 2001 yil 16 avgustdagi ¹343 qarori bilan tasdiqlangan. Ta`limning kunduzgi shaklida o`qish muddati — 7 yil. Ixtisosi — shifokor - umumiy pediatr. Shifokor umumiy pediatr quyidagilarga tayyor bo`lishi kerak: Ta`lim yo`nalishi bo`yicha oliy ma`lumotga ega bo`lgan shaxslar tomonidan o`rinlarni egallash mumkin bo`lgan lavozimlarda ishlash uchun davlat muassasalarda (qishloq, shahar shifokorlik punktlarida, ambulator-poliklinik muassasalarda, tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida, statsionarlarning maxsuslashtirilmagan bolalar bo`limlarida, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar muassasalarida, bolalar profilaktoriylari va dam olish uylarida), nodavlat tibbiy muassasalarida shaxsiy va individual tartibdagi faoliyat uchun. Bakalavriat yo`nalishining chegarasida tanlangan mutaxassislik bo`yicha oliy ta`limni davom ettirishga. Qayta tayyorlash va malakani oshirish tizimida qo`shimcha kasbiy ta`lim olishga. Institut bilan tengdosh pediatriya fakul'teti boy tarix va an’analarga ega. Uning bitiruvchilari O`zbekiston Sog’liqni saqlash tizimining turli bo`g`inlarida faoliyat ko`rsatadilar. Bu fakul'tet xalqaro nufuzga ega bo`lgan yirik olimlar, mohir tibbiyotchilar: pediatr, neontolog, bolalar jarrohlari, oftal'molog, nevropatolog, ortoped, otorinolaringologlarni etishtirib berdi. Hozirgi kunda fakul'tetda institutning ko`plab iqtidorli talabalari tahsil olmoqda. Jumladan, joriy yilda Anvar Omonov tibbiyot oliy o`quv yurtlari bakalavrlari orasidagi tanlovda «Ibn Sino stipendiyasi» sovrindori bo`ldi. Yaqinda bo`lib o`tgan fanlar bo`yicha o`tkazilgan Respublika olimpiadasida Mikrobiologiya fanidan Diyora Marajabova 1-o`rinni egalladi. 3-bosqich talabasi Nargiza Siddiqova Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining shahar bosqichi g`olibi bo`ldi. Fakul'tet talabalari fanlar bo`yicha o`tkaziladigan talabalar ilmiy jamiyati anjumanlarida faol ishtirok etib, doimo sovrinli o`rinlarni egallab kelishgan. Joriy yilda ham pediatriya, bolalar jarrohligi, neonatologiya, bolalar oftal'mologiyasi, nevrologiyasi, fiziologiya, xorijiy tillar, tarix, falsafa fanlari bo`yicha institutda o`tkazilgan ilmiy anjumanlarda sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritdilar. Fakul'tetda ko`plab iste`dodli talabalar tahsil olmoqda. Fakul'tet talabalari institut hayotida faol ishtirok etadilar. Ular har sohada o`z iqtidorlarini namoyish qiladilar. Institut miqyosida o`tkazilgan «Kuz ne`matlari - salomatlik manbai», «Qo`li guldir shifokor qizlarning» tanlovlarida va turli sport musoboqalarida ham ular o`z iqtidori, chaqqonlik va kuchlarini namoyish etdilar. «Mohir qo`llar» to`garagining a`zosi Nodira Rasulova o`z tikkan ko`ylaklari kollektsiyasi bilan institutda o`tkazilgan «Qo`li guldir shifokor qizlarning» tanlovida hammani o`z iste`dodi bilan hayron qoldirdi. 5-bosqich talabasi S.Nazarov esa «Nishona» to`garagida qatnashib, o`zining ilk ijod mahsuli — to`plamini nashr ettirdi. 2-bosqich talabasi G.Hakimova chizgan suratlar ko`rgazmasi tashkil etildi. Ijodkorlik, izlanish, bunyodkorlik ishlari bu fakul'tet talabalariga ham xos. Aziz talabalar! Sizni pediatriya fakul'teti talabalari safiga qo`shilganligingiz bilan tabriklaymiz!
Fakultetimizga xush kelibsiz!