Kafedra haqida
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti bolalar anestiziologiyasi va reanimatsiyasi kafedrasiga 1996 yil 26-avgustda tashkil etilgan. 1996 yildan hozirgi kungcha kafedra mudiri sifatida T.F.D.professor Ta’lat Saidolimovich Agzamxodjaev ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada dostent X.K.Nurmuxammedov, t.f.n.,dostent G.R.Usmonova, t.f.n.,dostent A.S.Yusupov, assistentlar:, Sh.M.Taxirov, t.f.n. M.B.Xaydarov, Sh.N.Solixodjaev, M.G.Talipov,R.X.Dunanov, D.T.Tashbekova, M.U.Ismoilova, I.B.Mamatqulov, A.B.Beknazarovlar faoliyat ko’rsatishmoqda. Kafedrada pediatriya va tibbiy-pedagogika fakultetlari 5-6-kurs talabalari “Bolalar anesteziologiyasi va reanimatsiyasi” va “Labaratoriya ishi” fanlaridan, 4-kurs chet el talabalari modul sistemalari bo’yicha ta’lim oladilar. O’rgatadigan fani: “anestiziologiya va reanimatsiya bolalar anesteziologiyasi va reanimatsiyasi” bilan birga va 3-kurs OMX talabalariga “Shoshilinch holatlarda hamshiralik ishi”. Bundan tashqari kafedrada “Tug’ma nuqsonli bolalarda anesteziologiya va intensiv davolashning yangi usullari” bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedra xodimlari, izlanuvchilari quyidagi muassasalar hamkorlik qilishadi: Sank-Peterburg Tibbiyot Akademiyasi,Sizganov nomidagi jarrohlik markazi, J.Korea Yon-Sey kardiovaskulyar markazi,Shvetsiya Tibbiyot Universiteti, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, V.M.O.I, Ho’jandtepa Universiteti, Anqara Dagramchi shifoxonasi. Hindiston Appollo klinikasi. Kafedra xodimlari bolalar anesteziologiyasi va reanimatsiyasi fanlari bo’yicha uslubiy tavsiyalar, o’quv qo’llanmalari va darsliklar yaratishda faol ishtirok etishmoqda. Oxirgi 3 yil mobaynida ular tomonidan 19 ta uslubiy tavsiyalar, 6 ta darslik va o’quv qo’llanmalari nashr qilingan. Bundan tashqari kafedra xodimlari, izlanuvchilari xalqaro anjumanlar, kongresslar va simpoziumlarda faol ishtirok etishadi. Hozirgi kunda ular tomonidan 200 dan ortiq tezis, 21 dan ziyod maqolalar nashr etilgan(Shulardan 5 tasi xorijiy maqolalar)