Bugun Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining Axborot-resurs markazida "O'z joniga qasd qilishning oldini olish kuniga bag'ishlangan depressiya oqibatida o'z joniga qasd qilishning professional kollektiv tarzda oldini olish" mavzusida forum bo'lib o'tdi. Forum "Sog'liqni Saqlash Tizimida Ta'lim Dasturlarini Bitiruvchilari Xalqaro Uyushmasi uchun Koreya Fondi" yordamida tashkil etildi. Forumda ToshPTIning psixiatriya, narkologiya, bolalar psixiatriyasi va tibbiy psixologiya, psixoterapiya kafedrasi, ToshTAning psixiatriya va narkologiya kafedrasi, TVMOI psixiatriya va psixoterapiya kafedrasi professor-o'qituvchilari, fan doktorlari, dotsentlari, magistratura talabalari ishtirok etdilar. Shaxnoza Magzumova Shaxzadeyevna Tibbiyot fanlari doktori, TTA Psixiatriya va Narkologiya kafedrasi professori; Pirlieva Gulnora Xolmammadovna ruhiy kasalliklar bo'yicha 2-dispanser bosh shifokori mehmon tarizida taklif etildi. Shuningdek, bolalar nevrologiyasi, pediatriya va shoshilinch tibbiy yordam kafedralari magistrantlari va talabalari taklif etildi.
t.f.n. Abdullayeva Vasila Karimovna, professor Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, Pirlieva Gulnora Xolmamedovna, professor Xojaev Nazira Islamovna, Suleymanov Sunnatillo Raximovich o'z joniga qasd qilishning oldini olish muammolari va usullari haqida maruzalar o'qishdi.