Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi kafedrasi 1972 yil 20-avgustda tashkil etilgan. Kafedraning birinchi mudiri professor Ismailov Tursun Ismailovich (1972-2006) bo`lgan. 1989 yilda “Тibbiy psixologiya va psixoterapiya” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedra mudirlari docent Hasanov F.N. (1989-1994), docent Ishakov V.P.(1994-2004) bo`lgan. 2004 yilda Тibbiy psixologiya va psixoterapiya kursi Psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi kafedrasiga qo’shilgan, 2006 yilda - Gamoat salomatligi va sog’liqni saqlash kafedrasiga qo’shilgan edi. 2008 yildan “Тibbiy psixologiya va psixoterapiya” fani Psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi, tibbiy psixologiya va psixoterapiya kafedrasida o’qitiladi.
2006 yildan hozirgi kungacha kafedrada tibbiyot fanlari doctori Abdullaeva V.K. raxbarlik qilmoqda.
Xozirgi kunda kafedrada proffessor Xodjaeva N.I., katta o`qituvchi, SSV Bosh bolalar psihiatri Suleymanov Sh.R., dotsent Sharipova F.K., dotsent Axmedov S.A., assistentlar: Babaraximova S.B., Iskandarova J.M., Nurxodjaev S.N., Saydalixodjaeva D.G., Shaikramov Sh.Sh., Nosirov A.A., Tuychiev Sh.T., Irmuxammedov T.B., Matveeva A.A., Rogov A.V. ishlamoqdalar.
Kafedrada "Psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi" fani bo`yicha 5-kurs I-II pediatriya fakul'tetlari, 5-6 kurs tibbiy-pedagogika va davolash fakul'tetlari talabalari, "tibbiy psixologiya va psixoterapiya" fani bo`yicha 5 kurs tibbiy-pedagogika va davolash, 6 kurs I-II pediatriya fakul'tetlari talabalari taqsil oladilar.
Kafedrada «psixiatriya» va «tibbiy psixologiya» yo`nalishi bo`yicha magistratura mutaxassisligi, «psixiatriya», «narkologiya» va «tibbiy psixologiya» bo`yicha klinik ordinatura mutaxassisligi bor.
Kafedraning «Ruxiy va narkologik kasalliklarning yoshiga xos klinik-patogenetik va patopsyhologik xususiyatlari, erta tashhislash va davolash usullarini takomillashtirish, profilaktikasi» ilmiy mavzu bo`yicha ilmiy ish olib boriladi.
Kafedra xodimlari, assistent, magistr va klinik ordinatorlari quyidagi tashkilotlari bilan innovatsion xamkorlik qiladilar: Shaxar ruxiy kasalliklar shifoxonasi, Shaxar bolalar asab-ruxiy markazi, Shaxar narkologik dispanseri, Shaxar asab-ruxiy kasalliklari dispanseri, Respublika klinik ruxiy kasalliklar shifoxonasi, Respublika narkologik markazi.
Kafedra xodimlari psixiatriya va narkologiya, tibbiy psixologiya va psixoterapiya bo`yicha o`quv qo`llanmalar va darsliklar, o`quv-uslubiy qo`llanmalar, o`quv adabiyoti chiqarishda faol ishtirok etadilar. Xozirgi paytgacha ular tomonidan 2ta darslik, o`quv qo`llanmalar, 1ta monografiya, 35ta o`quv-uslubiy qo`llanmalar, 225ta tezis, 175ta ilmiy maqolalar chop etilgan, davolash jarayonida narkotik moddaga patologik moyillikni baholash va kasallik dinamikasini aniqlash uchun kompyuter dastur ishlab chiqilgan df amaliyotga tadbiq etilgan. Bundan tashqari kafedra xodimlari, magistrlar, ilmiy xodimlar xalqaro va respublika anjumanlarda, kongresslarda, simpoziumlarda faol ishtirok etadilar.