Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti psixiatriya narkologiya va bolalar psixiatriyasi, tibbiy psixologiya va psixoterapiya kafedrasi 1972 yil 20 avgustda tashkil etilgan. Kafedraning birinchi mudiri professor Ismailov Tursun Ismailovich (1972-2006 y.) bo`lgan. 2006 yildan xozirgi kungacha dotsent Abdullaeva Vasila Karimovna raxbarlik qilmoqda. T.I.Ismoilov 1972 yildan boshlab O`rta Osiyo pediatriya tibbiyot institutida ushbu kafedrani dotsent lavozimida boshqarib keldilar. 1977 yilda Moskva shaxrida "Klinicheskiy aspekt izucheniya antinukleinovogo immunogeneza pri shizofrenii" mavzudagi doktorlik dissertatsiyasini yoqladilar va 1978 yili professor unvoniga yetishdilar. Kafedra o`z faoliyatini Respublika ruxiy kasalliklar shifoxonasida boshlagan. 1974 yilda yangi tashkil topgan 1-son shaxar asab-ruxiy dispanseri kafedraning qo`shimcha bazasi etib tayinlandi.
1984 yildan boshlab kafedraning asosiy joylashgan manzili shaxar klinik ruxiy kasalliklar shifoxonasidir. Bir necha yil mobaynida kafedra mudiri, professor T.I.Ismailov O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Bosh bolalar psixiatri lavozimida ishlab, doimiy ravishda bolalar va o`smirlarga konsul'tativ, tashkiliy va metodik yordam ko`rsatish bo`yicha ish olib bordilar. T.I.Ismailov tomonidan respublika klinik ruxiy kasalliklar shifoxonasi qoshida asab-ruxiy kasalliklar bilan og`rigan bolalar va o`smirlarga davolash va reabilitatsiya o`tkazish markazini tashkillashtirish loyixasi tayyorlangan. Psixiatriya kafedrasi tashkil topgan vaqtidan boshlab respublika miqyosida vrach-psixiatrlar tayyorlash bo`yicha yetakchi ilmiy-amaliy markazga aylandi. Toshkent pediatriya tibbiyot institutining psixiatriya kafedrasi o`zining dastlabki kunlaridanoq ilmiy va amaliy psixiatr-shifokorlarni tarbiyalab yetishtirishga kirishdi. Ushbu kafedrada 40 tadan ortiq vrach-internlar, 100 tadan ortiq klinik ordinatorlar, magistratura rezidentlari taxsil olgan.
Bulardan ko`pchiligi dotsent, katta oqituvchi, assistent (O.N.Eliseev, F.N.Xasanov, S.S.Akbarova, Sh.R.Suleymanov, F.K.Sharipova, S.B.Babaraximova, A.N.Saxojko, O.V.Shaxanskaya, A.G.Ten'kova) bo`lib ishlamoqdalar. Ushbu kafedrada o`qib ketgan bir muncha vrach-psixiatrlar respublika va shaxar ruxiy kasalliklar shifoxonalarida ishlamoqdalar, ayrimalari davolash-profilaktik va asab-ruxiy muassasalarini boshqarmoqdalar.