Kafedrada o`quv ishlar tasdiqlangan namunaviy va ishchi dasturlar asosida olib boriladi. Kafedrada pediatriya va tibbiy-pedagogika fakulteti 5 kurs, tibbiy-pedagogika fakulteti 6 kurs, OMX 2 va 3 kurs talabalari uchun "psixiatriya, narkologiya va boalar psixiatriyasi" fani o`qitiladi, "tibbiy psixologiya va psixoterapiya" fani 5 kurs tibbiy-pedagogika fakulteti, 6 kurs pediatriya fakulteti, OMX 1 va 3 kurs talabalari uchun o`qitiladi.
Magistratura
Kafedrada "psixiatriya" yo`nalishi bo`yicha magistratura 2005 yilda, "tibbiy psixologiya" yo`nalishi bo`yicha 2010 yilda ochilgan.Magistratura direktorlari: 2005-2007y. professor Ismailov T.I., 2008-2009 - professor Xodjaeva N.D., 2008-2010 - professor Shamsiev E.S., 2011 yildan boshlab dotsent Abdullaeva V.K. O`qish davomida magistratura talabalari ruxiy kasalliklar tashqisoti, davolash va oldini olish masalalarini o`rganib chiqadilar, xamda ushbu kasalliklarning kam uchraydigan turlarini, somatik, infeksion, travmatik, endokrin va boshqa kasalliklarning asoratlari to`g`risida ma'lumot oladilar. Magistratura talabalri ilmiy ish, pedagogik faoliyat, davolash ishlarda faol qatnashadilar.
Kafedrada "psixiatriya" yo`nalishi bo`yicha 1-kursda - 10 talaba, 2-kursda - 2 talaba, 3-kursda - 3 talaba, "Tibbiy psixologiya" yo`nalishida 1-kursda - 2 talaba, 2-kursda - 2 talaba, 3-kursda - 1 talaba taxsil oladilar