Kursning o`quv ishi haqida ma'lumot
Professor S.S.Gulyamov harbarligida ToshPTI (pediatriya, tibbiy pedagogika va tibbiyot fakultetlarida) umumiy amaliyot shifokorlari - talabalar tayyorlash bo'yicha ta'lim berilmoqda boshchiligidagi ijodiy jamoa. Xodimlar tomonidan"Bolalar stomatologiyasi" fanidan o'quv dasturlarini va ta`lim texnologiya ishlab chiqldi va tasdiqladi, test sinovlari uchun savollar, og'zaki baholash uchun klinik vazifalar tayorlandi. Loyiha doirasida 5-6 kurs, bolalar va tibbiyot-pedagogika fakultetlari talabalari uchun turli darajadagi murakkab test sinovlari ishlab chiqildi.
Mutaxassislarni tayyorlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan: standartlar, metodikalar, boy kutubxona asosida zamonaviy o'quv dasturlari, zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan mukammal o'quv auditoriyalari mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus vazirligi
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
“Tasdiqlandi”
O‘quv ishlari prorektori,
_____________ K.N.Xaitov
2018 y « » iyun
STOMATOLOGIYA
FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI
V KURS
Ta’lim sohasi: 510000 - Sog‘liqni saqlash
Ta’lim yo‘nalishi: 5111000 - Kasb ta’lim
5510100 - Davolash ishi
Umumiy o‘quv soati -54 soat
Shu jumladan:
Ma’ruza - 4 soat
Amaliy mashg‘ulot - 32 soat (IX-X semestr )
Mustaqil ta’lim soati -18 soat
Toshkent – 2018y.
I O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
“Bolalar stomatologiyasi”fani o‘qitishdan maqsad – talabalarga stomatologik kasalliklar haqida tushunchalar berish, talabalarda bemorlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish, hamda mutaxassislarga to‘g‘ri yo‘llanma berishda DTS va umumiy pediatrlarning Kvalifikatsion xarakteristikasiga mos ravishda bilim,kunikma va. malakalarini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fanning vazifasi – talabalarda stomatologik kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, klinik ko‘rinishi, ularni davolash va asoratlarining oldini olish to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish, talabalarga stomatologik kasalliklarga chalingan bemorlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini o‘rgatish va mutaxassislarga to‘g‘ri yo‘llanma berishni o‘rgatishdan iboratdir.
Fan buyicha talablarning bilim, ko‘nikma va malaklariga quydagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
-tishlarning chiqish muddatini, karies kasalligi etiopatogenezi, kechishi va uning asoratlari (pulpit, periodontit), karies va uning asoratlarining profilaktikasi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari va ularning ichki kasalliklar bilan bog‘liqligi, yuz-jag‘ sohasining yallig‘lanish kasalliklari (periostit, osteomielit, abstsess va flegmonalar), yuz-jag‘ sohasida uchraydigan anomaliyalar va deformatsiyalar, yuz sohasida uchraydigan tug‘ma kasalliklar to‘grisida tasavvurga ega bo‘lishi;
-bemorlarda anamnez yig‘ish, yuz-jag‘ sohasini manual, ob’ektiv tekshiruvlarini o‘tkazish, bemorlarda qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazish va maslahat uchun mutaxassislarga to‘g‘ri yo‘llanma berish, kasalliklarning profilaktikasini o‘tkazishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
-qimirlab turgan, o‘tkir yallig‘lanishga sababchi tishlarni olish, tez tibbiy yordamda o‘tkazuvchi anesteziya qilish, jag‘ suyaklari singanda tepa-engak bog‘lamini taqish, o‘tkir og‘riqda birinchi yordam ko‘rsatish, og‘iz shilliq qavati yallig‘langanda birlamchi medikamentoz ishlov berish, bemorlarda anamnez yig‘ish, yuz-jag‘ sohasini manual, ob’ektiv tekshiruvlarini o‘tkazish, bemorlarda qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazish va maslahat uchun mutaxassislarga to‘g‘ri yo‘llanma berish, kasalliklarning profilaktikasini o‘tkazish qo‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
II. Ma’ruza mashg‘ulotlari
№ |
Ma’ruzalar mavzulari |
Dars soatlari hajmi |
1 |
Stomatologiya fani va uning vazifalari. Stomatologiyaning asosiy muammolari. Uning umumiy amaliyot shifokorlari uchun ahamiyati. Yuz-jag‘ sohasining yoshga bog‘liq bo‘lgan anatomik va funktsional xususiyatlari. Kariesning asoratlari (pulpit, periodontit, limfadenit, osteomielit). Yuz-jag‘ sohasida patologik jarayonlarning rivojlanishida odontogen o‘chiqlarning ahamiyati. Og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiyasi. Kariesning profilaktikasi. |
2 |
2 |
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari. Yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtigi. Yuz-jag‘ sohasidagi travmatik jarayonlar. Yuz-jag‘ sohasining havfsiz va havfli o‘smalari, o‘smasimon hosilalar. Bemorlarni parvarish qilish. Dispanser nezoritining ahamiyati. |
2 |
Jami 4soat
III. Amaliy mashg‘ulotlar
№ |
Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari |
Dars soatlari hajmi |
Yuz–jag‘ sohasining anatomo-morfologik xususiyatlari. Stomatologik bemorlarni tekshirish usullari. Tish kasalliklari: karies, pulpit, periodontit. Tishlarning nokaries kasalliklari. Klinikasi, diagnostikasi va davolash. |
4 |
|
2 |
Odontogen yallig‘lanish jarayonlari: periostit, osteomielit, abstsess, flegmona. Limfadenit. Surunkali infektsiya o‘choqlarining yallig‘lanish ahamiyati. Patogenez, klinikasi, diagnostikasi, davolash printsiplari. |
4 |
3 |
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari. Klinikasi, diagnostikasi, davolash. Yuz – jag‘ sohasidagi tug‘ma kemtiklar. |
6 |
4 |
Yuz-jag‘ sohasidagi neodontogen yallig‘lanish kasalliklari: furunkul, saramas, kuydirgi, noma. Klinikasi, diagnostikasi va davolash. Yuz-jag‘ sohasidagi kuyish va muzlash jarayonlari, ularni davolash printsiplari. |
6 |
5 |
Yuz-jag‘ sohasidagi travmatik jarayonlar: burun sinishi, jag‘larning sinishi, yonoq suyagi sinishi. Sinish jarayonidagi asoratlar va ularning oldini olish. Bemorlarni parvarishlash va ovqatlantirish. |
6 |
6 |
Yuz-jag‘ sohasidagi o‘smalar va o‘smasimon hosilalar. Havfsiz va havfli o‘smalar. Tasnifi, erta tashxislash, klinikasi, davolash. Dispanserizatsiya va profilaktik ko‘ruvning o‘sma kasalliklarining oldini olishdagi ahamiyati. Yan. |
6 |
Jami 32 soat
IV.Mustaqil ta’lim
№ |
Mustaqil ta’lim mavzulari |
1 |
Tishlar anatomiyasi va gistologiyasi. |
2 |
Yuz-jag‘ sohasini tekshirish asoslari, stomatologik bemorlarni tekshirish usullari |
3 |
Kariesni davolash va oldini olishning zamonaviy usullari |
4 |
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari. Og‘iz bo‘shlig‘i sanatsiyasi |
5 |
Maktabgacha bo‘lgan bolalarda stomatologik kasalliklarni pediatrlar tomonidan oldini olish |
6 |
Stomatologik kasalliklarni postnatal profilaktikasi |
O'QITISh PORTFOLI - STUDENTLARNI MUHOFAZA QILISh