Ma‘naviyat va marifat ishlari
Muallif: Asisstent Yakubov M.M.
Yangi o’quv yili davomida, reja asosida oliy ta’lim muassasasining odob-axloq qoidalari qo’llanmasidan foydalangan xolda “Talaba qanday axloqqa ega bo’lishi kerak”, “Talabaning kiyinish madaniyati” kabi mavzularda talabalar o’rtasida suxbatlar o’tkaziladi. Kafedra barcha o’qituvchilar tomonidan belgilangan muddatlarda TTJda chekishga, giyoxvandlikka, OITSga va sil kasalligiga qarshi kurash mavzularda davra suxbatlari o’tkaziladi.
Kafedra va TTJda dekanat va pedagoglar tomonidan o’tkazilgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishadi. Reja asosida murabbiylik guruhlari bilan madaniyat maskanlari (“Temuriylar tarixi” “Tibbiyot muzeyiga”)ga tashriflari uyushtiriladi. Kafedra barcha o’qituvchilar tomonidan xususiy xonadonlarda ijarada yashovchi talabalar bilan tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etildi: ijarada yashovchi talabalarning ro’yxati va yashash manzillari aniqlandi; xonadondagi yashash, dars tayyorlash, dam olish kabi sharoitlar o’rganildi; ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini nazorat qilish maqsadida ijara sohibi, dekan, talaba o’rtasida ishlar yo’lga qo’yildi.