Kafedra haqida

Kafedra haqida Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Amonov Shavkat Ergashevichning kirish so'zi ASSALOMU ALAYKUM WEB SAHIFAMIZNING HURMATLI TASHRIF BUYURUVCHILARI! Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining "Otorinolaringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi va stomatologiyasi" kafedrasining rasmiy web sahifasiga xush kelibsiz! Фото Зав. каф. проф. Амонов Ш.Э.

DSC03577


www.tashpmi.uz saytining ushbu rasmiy dinamik LOR web sahifasi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori (prof. B. T. Daminov) ning 31.01.2013 sana 43-son "Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti rasmiy veb sayti haqida"gi buyrug'iga asosan yaratildi. Buyruqqa asosan LOR kafedrasi bo'yicha Informasion va kommunikasion texnologiya (IKT) koordinatori dotsent Boboxonov Gulimboy Qutliboevich hisoblanadi (elektron manzili: babakhanovgk@bk.ru). Sahifa maqsadi: talabalarning bilim olishiga ko'mak berish va ta'lim jarayonini yengillashtirish, o'qituvchilar, xodimlar, talabalar, magistrlar, doktorantlar, klinik ordinatorlar, o'z farzandlarining taqdiri bilan qiziquvchi ota-onalar, patsientlar va hamkorlarimizga tezkor, xolisona ma'lumot yetkazib berish, ular bilan o'zaro ma'lumotlar almashish, muloqotda bo'lish va hamjihatlikda o'qitish sifatini yanada yaxshilash uchun loyihalar tuzish. Sahifalar mundarijasini bilay desangiz xaritaga qarang! Kafedra faoliyatini boshqarish va tashkillashtirish: • Kafedra ToshPTI rektori tomonidan tayinlagan Mudir tomonidan boshqariladi. • Kafedra professor-o'qituvchilari Mudir tavsiyasiga binoan rektor tomonidan ishga qabul qilinadi. • Kafedra mudiri "Kafedra Nizomi" va "Institut Nizomi"ga binoan barcha ish faoliyatlarni tashkillashtiradi va boshqaradi. Kafedra tarkibi: • Kafedra mudiri 1,0 • Professorlar 1,5 • Dotsentlar 1,25 • Assistentlar 4,25 • Katta laborant 1,0 • Xona mudiri 1,0 Nizomlarga ko'ra kafedra quyidagi ishlarni tashkillashtirish va amalga oshirishga mas'ul: • Ta'lim berish (talabalar, magistrlar, klinik ordinatorlar, doktorantlar, izlanuvchilarni o'qitilishini tashkil qilish). • Ilmiy izlanishlar olib borish. • Ma'naviy- ma'rifiy ishlar. • Maslahat va davolash ishlari. • Jamoat ishlari. Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti va bizning kafedramiz, O'rta Osiyo respublikalarida tug'ilish ko'rsatkichi yuqoriligini inobatga olgan holda, 1972 yilda tashkil topgan. Shu o'tgan davr mobaynida kafedramiz pediatrlar, umumiy amaliyot shifokorlari, oilaviy shifokorlar, otorinolaringologlar (bolalar va kattalar) tayyorlashda muayyan ko'nikma va tajribalarga ega bo'ldi. 2001 yildan boshlab LOR kafedrasi tarkibida "Bolalar stomatologiyasi" kursi tashkil etildi. Kafedraning ilmiy salohiyati 85% tashkil qiladi, xodimlarning o'rtacha yoshi 45 da. O'qituvchilar Rossiya, Ukraina, Janubiy Koreya, Polsha, Fransiya, Ispaniya va Germaniyadagi taniqli klinikalarda o'z mahoratlarini muntazam oshirib kelishmoqda. Aholi orasida LOR kasalliklari va og'iz bo'shligi kasalliklari bilan xastalanish darajasi yuqori pog'onalarni egallaydi, va ularni davolashda otolaringologlar, stomatologlar, umumiy amaliyot shifokorlari va boshqa mutaxassislar ishtirok etishadi. Shu sababli, zamonaviy diagnostik, davolash ko’nikmalari bilan qurollangan, yuqori saviyali mutaxassislarni tayyorlash O'zbekiston Respublikasi Sog'liqli saqlash tizimining ustivor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu web sahifa kafedraning o'quv, davolash, ilmiy, ma'naviy-axloqiy, jamoat faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishtiradi, zamonaviy ta’lim muammolariga xos ma'lumotlarni Internetdan izlab topishga va qidiruv serverlaridan ma'lumotlar axtarishda Sizga yordam beradi. Eng muhimi, sahifa materiallari 5 va 7 kurs "Tibbiy-pedagogika" va "Pediatriya ishi" fakultetlari talabalari, LOR mutaxassisligi bo'yicha klinik ordinatorlar, rezidentlar, doktorantlar hamda otorinolaringologiya va stomatologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, u 3 (o'zbek, rus va ingliz) tillarida yoritilgan. Kafedra a'zolari 3 tilda dars olib borishadi va talabalardan ham shuni talab qilishadi. Bundan tashqari, ushbu sahifadan foydalanuvchi talaba yoshlarimizning ota-onalari otorinolaringologiya va bolalar stomatologiyasi bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishi, farzandlarining muvaffaqiyatlaridan boxabar bo'lishlari mumkin. Sahifadagi davolash ishlariga doir ma'lumotlar bemorlarimizning ota-onalari va yurtimizning xayrli niyatli insonlari uchun foydadan xoli emas. Kafedra tarkibi millati va yashash joyidan qat’iy nazar, faqat qobiliyatiga qarab tanlangan, intiluvchan yoshlar bilan to'ldirib boriladi. Kafedra har kuni qandaydir bir yangilik bilan boyiydi: yangi asbob-anjomlarni olishga muvaffaq bo'ladi, diagnostika va davolashning zamonaviy uslublari hamda o'qitishning mukammal metodlarini amaliyotga singdiradi, har bir xodim, har doim o'z pedagogik mahoratini oshirib boradi. Hozirgi kuchli raqobat davrida yangiliklarga intilish uchun harakat qilmaslik - orqada qolish demakdir!!! Kafedramiz xodimlarining ham qo'li ham boshi ishlaydi. Bizning jamoada "operatsiya qilmaydigan" xirurglar yo'q. Bizda xodimlarni "kafedra va klinika" xodimlariga ajratish yo'q! Kafedra o'z oldidagi vazifalar sifatini yanada oshirish maqsadida uzoq va yaqin chet el davlatlarining turdosh tashkilotlari mutaxassislari bilan muntazam hamkorlik qiladi va o'zaro tajriba almashishadi. Hurmatli tashrif buyuruvchilar! Agarda Siz ushbu sahiifalarda imlo xatolari yoki sahifalarning ochilishi bilan bog'liq muammolarga duch kelsangiz u holda, iltimos, albatta babakhanovgk@bk.ru manziliga xabar bering. Siz ushbu sahifadan muammosiz foydalanishingizni inobatga olgan holda, biz yuzaga kelgan muammo va xatolarni zudlik bilan ko'rib chiqishga harakat qilamiz. Bir birimizga ko'zlangan marralarni zabt etishda yordam beraylk! E-mail: lor_amonov@mail.ru Hurmat bilan, kafedra mudiri t.f.d., prof. Amonov Sh.E.