Mualliflar: prof. Amonov Sh.E., prof. Hasanov S.A., dosent Boboxonov G.Q.
06.03.2013
Toshkent Pediatriya medisina instituti "Otorinolaringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi va stomatologiyasi" kafedrasi tarixi
O'rta Osiyo medisina pediatriya instituti 1972 yilda ochildi.
O'rta Osiyo medisina pediatriya instituti ochilish marosimi, SSSR SSV o'rinbosari Venediktov D.D. (minbarda) tabrigi. Minbarning chap tomonida birinchi rektor, prof. Majidov V.M.
O'quv ishlari bo'yicha birinchi prorektor professor Dolimov Sulton Aminovich.
Olimlar kengashi
Otorinolaringologiya kafedrasi shu yili Toshkent shahar 17-son klinik kasalxonasining 60 o'rinli LOR bo'limida tashkil etildi. Kafedraning asosiy tashkilotchilari t.f.n. Dadamuxamedov A.N. va t.f.n. Hasanov S.A. hisoblanadilar, chunki ular 1972 yil iyun-iyul-avgust oylarida kafedrada talabalarni o'qishga qabul qilish uchun barcha shart-sharoitlarni birga yaratishgan. Shu yili Hasanov S.A. abiturientlarni qabul qilishdagi tibbiy ko'rikda ham otorinolaringolog sifatida ishtirok etdi.
1972 yil. Birinchi kafedra mudiri t.f.n. Dadamuxamedov A.N. (1972-2011 yillarda faoliyat ko'rsatgan).
1972 yil. Birinchi tashkilotchi, t.f.n. Hasanov S.A. (1972 yildan buyon ishlamoqda).
LOR kafedrasi mudiri Dadamuxamedov Abdumalik Nazirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, 1929 yil Toshkent shahrida tug'ilgan, 2011 yil iyun oyida qazo qilgan, millati o'zbek. Umumiy ish staji 58 yil, pedagoglik staji 49 yil.
2011 yil, mart. Dadamuxamedov Abdumalik Nazirovich - tibbiyot fanlari doktori, professor, (1972-1999 yillarda kafedra mudiri lavozimida ishlagan.)
Dadamuxamedov A.N. 1953 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini bitirgach, Farg'ona viloyatining Buvayda tumanida shifokor va Tuman Markaziy kasalxonasi bosh vrachi lavozimida faoliyat ko'rsatdi. 1956-1958 yillarda ToshDavMI "Quloq, tomoq va burun kasalliklari" kafedrasida klinik ordinaturani o'tdi.
1962 yilda A.N. Dadamuxamedov A.N. prof. Drennova K.A. rahbarligida "O'rta quloq sili" mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqladi.
1965-1972 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (TashVMOI) LOR kafedrasida assistent lavozimlarida ishladi.
A.N.Dadamuxamedov 1972 yilda O'rta Osiyo medisina pediatriya instituti ochilishi munosabati bilan shu institutning "Quloq, tomoq va burun kasalliklari" kafedrasi mudiri etib tayinlandi. 1976 yilda "Sil kasalliklarida o'rta quloqning yiringli yallanishi" mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qildi (ilmiy maslahatchi - prof. Daynyak L.B.).
1972 -1992 yillar mobaynida SSV bosh bolalar otorinolaringologi bo'lib faoliyat ko'rsatdi.
Professor A.N. Dadamuxamedovning 150 dan ortiq ilmiy maqolalar, shu jumladan 6 ta uslubiy qo'llanma, 2 mualliflik guvohnomasi, 3 ta rasionalizatorlik taklifi mavjuddir. Kulokning sil kasalligi (--- yil) risolasi va o'zbek tilida "Bolalar otorinolaringologiyasi" (1999, 2005) darsligi chop etilgan. Ustoz yetishtirgan yuzlab shogirdlar hozirgi kunda O'zbekiston otorinolaringologiyasi ravnaqiga hissa qo'shmoqdalar.
Prof. Dadamuxamedov A.N. ma'ruza o'qimoqda.
Kafedra yig'ilishi
Prof. Dadamuxamedov A.N. shogirdlar davrasida (2006 yil, 19 may)
A.N. Dadamuxamedov Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi Ixtisoslashgan Ilmiy kengash a'zosi bo'lgan. A.N. Dadamuxamedov o'z kasbiga sodiq pedagog-ustoz, kamtarin, hamkasblari, shogirdlari, talabalar va bemorlar hurmatini qozongan olijanob inson edilar. Kafedraning 7-Toshkent shahar klinik shifoxonasi 25 o'rinli LOR bo'limida joylashgan bazasiga rahbarlik qilgan, magistrlar va klinik ordinatorlarga tahsil bergan.
1972 yil Toshkent Davlat tibbiyot institutidan dosent A'zamov S.A., Andijon Davlat tibbiyot institutidan esa t.f.n. Avrukina R.I. kafedraga kelishib, xodimlar soni to'rt nafarga yetdi.
1972 yil. T.f.n., dosent A'zamov Saidkarim A'zamovich (1972-80 yillarda ishlagan).
T.f.n. dosent A'zamov Saidkarim A'zamovich - eshitish analizatorini tekshirishda ishlatiladigan o'zbekcha so'zlar jadvali tuzish va amaliyotga singdirish bilan tarixga kirgan («Об исследовании остроты слуха речью и фонетических качествах узбекского языка»).
T.f.n., dosent A'zamov Saidkarim A'zamovich obxodda
1972 yil. T.f.n., k.m.n., assistent keyinchalik dosent Avrukina Raisa Izraylevna (1972-90 yillarda ishlagan).
Dosent Avrukina Raisa Izrailovna - burun to'sig'i shilliq osti rezeksiyasi uslubini takomillashtirgan. Homila davrida burun to'sig'ining qiyshayishi irsiy jihati bilan bog'liqligini ilmiy isbotlagan.
Assistent Avrukina Raisa Izraylevna kasalni tekshirmoqda
Dosent Avrukina Raisa Izraylevna talabalar bilan kasalni tekshirmoqda
Assistent Avrukina R.I. talabalar guruhi bilan.
Institutda talabalar soni ko'payishi hisobiga kafedradagi pedagog xodimlar soni ham oshib t.f.n. Mahkamov A.Q., Menshikova V.V., t.f.n. Mirzarasulov M.M., Do'stmuxamedova (Qodirova) F.Z. (1974-1996), t.f.n. Nazarmuxamedova N.F. (1976-1994), t.f.n. dosent Mannapov M.F. (1976-1995), t.f.n. Mirazizov R.Q. va boshqalar faol mehnat qilganlar.
Mirzarasulov MM.png Mirzarasulev Mirzaanvar Mirzarasulevich, t.f.n., dosent (1976-96 yillar ishlagan.)
Qodirova (Do'stmuxamedova) Flora Zokirovna, 1951 yilda tug'ilgan. 1974 yili SAMPIni tamomlagan va 1974-76 yillarda klinik ordinatura o'tgan. 1976-1997 yillarda TashPMI LOR kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. Bugungi kunda O'zR SSV TSB 1-markaziy poliklinikada LOR shifokor bo'lib ishlamoqda.
Qodirova (Do'stmuxamedova) Flora Zokirovna (1976-96 yillarda ishlagan.)
Assistent Qodirova (Do'stmuxamedova) F.Z. amaliy mashg'ulot darsida.
T.f.n. Mirazizov Ravshan Qo'chqorovich (1981-94 yillarda ishlagan.)
1974 yilda A.F Mannapov rektorat tomonidan Moskvaga (Markaziy vrachlar malakasini oshirish institutining "Bolalar otorinolaringologiyasi" kafedrasiga) maqsadli aspirantura o'tish uchun yuborildi va u uch yildan so'ng nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli yoqlab, SAMPI LOR kafedrasi assistenti lavozimiga qabul qilindi. Mannapov M.F. ToshPMI klinikasi LOR bo'limi mudiri sifatida salmoqli ishlar qilgan.
Dosent Mannapov M.F. keyinchalik Zambiya davlatida bosh LOR maslahatchi lavozimida ishlagan. Tashqi burun suyaklarining sinib-siljishinii 1 oygacha bo'lgan davrda repozisiya qilish mumkinligini ilmiy isbotlab bergan.
Mannopov Malik Fayozovich, t.f.n., dosent (1976-95 yillarda ishlagan).
Hasanov Saidakrom Asqarovich, 1964 yili Toshkent Davlat tibbiyot institutini imtiyozli bitirib, 1964-1972 yillar shu institutning LOR klinikasida stajer-tadqiqotchi, aspirant, assistent vazifalarida ishlagan.
Dosent Hasanov S.A. ma'ruza o'qimoqda.
O'rtada o'tirgan yosh assistent Hasanov S.A. talabalar bilan. tolib Nurmuxamedov Abduhamid Ahadovich (hozirda ToshPMI klinikasi bosh shifokori muovini), Mirzakarimov Bosim Ahmedovich, keyinchalik 1976-78 yillarda kafedraning birinchi klinik ordinatori va 1976-1980 yillarda assistenti.
Ustozlari xizmat ko'rsatgan fan arboblari professor Qo'chqor Jo'raevich Mirazizov va RMFA muxbir a'zosi prof. Rajab Qoplonovich Islombekov, suhbatidan keyin yosh olimni otorinolaringologiyaning endokrinologik masalalari qiziqtirdi. Haqiqatan ham bu davrda ushbu masala kam yoritilgan edi. 1969 yilda yosh olim "O'tkir va surunkali tonzillitlarda qalqonsimon bezning funksional holati" mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqladi.
1979 yilda t.f.n. assistent Hasanov S.A. Birinchi Moskva tibbiyot instituti (hozirgi I Moskva tibbiyot universiteti) LOR kafedrasiga doktoranturaga yuborildi va 1984 yilda doktorlik dissertasiyani (mavzusi : "Qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda eshitish a'zosining holati") muvaffaqiyatli yoqladi. Birgina, quloq kiridagi glyukoza miqdoriga qarab qandli diabet kasalligini erta tashhislash uslubi muallif nomi bilan bog'liqligi olamshumul kashfiyotdir. S.A Hasanov SAMPI da dosent lavozimiga, so'ngra 1985 yildan boshlab professorlik ilmiy unvoniga sazovor bo'ldi.
Otorinolaringologiyaning endokrinologiya yo'nalishi S.A.Hasanovning qator shogirdlarining nomzodlik dissertasiyalarida o'z aksini topdi. Nazarmuxamedova Neylya Faxruddinovna "Qandli diabet bilan og'rigan bemorlar surunkali tonzillitning klinikasi, tashhisi va davolash" mavzusida ish olib borib, 1988 yilda nomzodlik dissertasiyasini yoqladi.
T.f.n., assistent Kirsanov Vladimir Nikolaevich (1986-1998 yillar ishlagan).
Kirsanov Vladimir Nikolaevich, 1958 yilda tug'ilgan, 1994 yilda nomzodlik dissertasiyasini "Qalqonsimon bezning har xil kasalliklarida surunkali tonzilitntng klinikasi, tashhisi va davolash" mavzusida himoya qilgan.
Jafarov Murod Mirzohidovich - 1966 yilda tug'ilgan.
T.f.n., dosent Jafarov Murod Mirzohidovich (1988-2011 yillarda ishlagan).
Jafarov M.M. 1996 yilda "Semiz bolalarda surunkali tonzillitning klinikasi, tashhisi va davolash" mavzusida nomzodlik dissertasiyasi yoqlagan. 2000-2002 yillarda Janubiy Koreya Yonsey universitetida "Plastik jarrohlik" yo'nalishida malakasini oshirdi. 2004 yildan boshlab klinik ordinatorlar va magistrlar tayyorlash bazasi hisoblanmish ToshPMI klinikasi 20 o'rinli "Plastik jarrrohlik" bo'limiga mudirlik qilmoqda.
Keyinchalik, surunkali sinusitlarni pubertat yoshidagi qizlarda endokrinologik, ginekologik muammolar bilan bevosita bog'liqligi ilmiy asoslandi (Rasulova N.A.).
1985 yilda SAMPI qoshida 240 o'rinli yangi "Bolalar klinikasi" foydalanishga topshirildi va O'zbekistonda birinchi bor 60 o'rinli yagona "Bolalar otorinolaringologiyasi" bo'limi tashkil etildi. Bunga rahbar qilib prof. Hasanov S.A. tayinlandi va O'zbekistonda bolalar otorinolaringologiyasining rivojlanishiga asos solindi. Shu davrgacha bolalarning otorinolaringologik kasalliklari kattalar LOR vrachlari tomonidan amalga oshirilar edi. Yosh bola organizmning anatomo-fiziologik jihatlarini hisobga olinmasdan davolash choralari o'tkazilib kelinar edi.
Kafedraning bir nechta xodimlari (dosent Mannapov M.F., assistent Nazarmuxamedova N.F.) bo'lim ordinatorlari (Umarov X.U., Umarxodjaev U.U., Bender M.A.) bilan birgalikda ham amaliy, ham ilmiy ishlar rivojlantirildi, hamda talabalarni bolalardagi tug'ma va orttirilgan LOR xastaliklari bilan tanishtirish imkoniyati paydo bo'ldi.
1999 yil. TashPMI LOR klinikasi. Kafedra va bo'lim xodimlari.
Klinika zamonaviy jihozlar bilan va kadrlar bilan boyitildi. Kadrlar faqat bilimiga va iqtidoriga qarab tanlandi. S.A.Hasanov 1984-1999 yillarda LOR kafedrasining professori vazifasida, 1999 yildan 2010 yilgachpa LOR kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko'rsatdi. Shu yillar mobaynida kafedra salohiyatini yuksak darajaga ko'tardi.
1980-1990 yillarda virusli gepatit "B", ayniqsa, bolalarda ko'p uchrar edi. Uni malakali mutaxassislar davolaganiga qaramay, bemorlarning jigar fermentlari mo''tadillashmay qolar edi. Bunday bemorlarni otorinolaringologik kuzatish natijasida ularda surunkali tonzillitning ko'p uchrashi aniqlandi. Bu masalani ilmiy hal qilishda kafedra xodimlari (Hasanov S.A., Omonov Sh.E.) hamda t.f.d, prof. O'zFA akademigi Daminov T.O. xizmati ulug' bo'ldi. Tanglay murtak bezlari kriptalarini antiseptik eritmalar bilan yuvish, ko'rsatma bo'lganda tonzillektomiya jarrohlik amalini bajarilganda bemorlarni tezda sog'ayishiga, biokimyo ko'rsatkichlarini me'yorga kelishiga erishildi.
1988 yil. Prof. Hasanov S.A. shogirdi, aspirant Omonov Sh.E. bilan.
Adenoidlar va surunkali tonzillit rivojida burun yondosh bo'shliqlarining yallig'lanishlari muhim rol o'ynashi professor Hasanov S.A. tomonidan e'tirof etilgani holda otorinolaringologiyaning asosiy jarrohlik amaliyotlaridan hisoblanmish, asossiz, adenotomiya va tonzillektomiya keskin kamaytirildi. Surunkali tonzillitlarni davolashda yuqori samara beruvchi tanglay murtaklarini yuvish keng ommalashtirildi.
Kafedraning yangi yutuqlaridan biri bu - adenotomiya operasiyasini yengilgina umumiy og'riqsizlantirish bilan bajarish ishlab chiqildi. Yangi adenotom asbobi ishlab chiqildi (Hasanov M.S.).
Surunkali tonzillit va kapillyarotoksikoz bilan og'rigan bemorlarda ham anaerob infeksiyalar ko'p hollarda sababchi ekanligi aniqlandi (Eshnazarov I.R.). Eshnazarov Ilhom Rozimbaevich 1968 yilda tug'ilgan, nomzodlik dissertasiyasini "Kapillyarotoksikoz bilan og'rigan bolalarda surunkali tonzillit klikasi, tashhisi va davolash" mavzusida 2001 yili yoqlagan. Hozirga kunda "Bo'ston" oromgohi direktori o'rinbosari lavozimida ishlamoqda.
T.f.n., Eshnazarov Ilhom Rozimbaevich
MDHda O'zbekiston birinchilar qatorida sog'liqni saqlash tizimini isloh qilib, umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlay boshladi. Shuning uchun aholi orasida ko'p uchraydigan o'tkir tonzillit - anginani davolash samaradorligini oshirish maqsadida katta izlanish olib borilib, anginani keltirib chiqarishda dunyoda birinchilar qatorida anaerob infeksiyalarning roli ko'rsatildi (Allaniyozov S.N., ilmiy rahbar prof. Hasanov S.A.) va barcha mutaxassislardan farqli o'laroq angina kasalligida tanglay murtaklaridagi yiringlarni yuvishni kompleks davolash bilan birga amalga oshirish zarurligi aniqlandi. O'tkir tonzillitlarni davolash samarasini oshirish maksadida neytral anolit va metrogil qo'llanildi.
O'zbekistonda surunkali yiringli o'rta otitlar 6,5-7,0% tashkil qilgani (Hasanov S.A. va boshqalar, 1990), uning asoratlari ayniqsa bolalarda o'ziga xos kechishini o'rganish zarurati zamon talabi hisoblanardi. Ushbu masalani hal qilishda U.B.Muhitdinovning (nomzodlik) va Sh.E.Omonovning (doktorlik) ilmiy yo'nalishlari ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etdi. Buni hal etish jarayonida mualliflik patentlari olindi; qo'zichoq suyagini deminerallab so'rg'ichsimon o'siq kemtiklari to'ldirildi, quloqdagi radikal operasiya modifikasiyalashtirildi, quloq mikrobiosenozi va organizmning immunologik holati tekshirilib, otorinolaringologiyada birinchi marta endolimfatik antibiotik va immunomodulyatorlarni qo'llashdan yuqori samara olindi.
Quloq tug'ma nuqsonlarini davolash bolalar otorinolaringologiyasining dolzarb muammolaridan biri bo'lib, bu borada Janubiy Koreya va Rossiya olimlarining yutuqlaridan foydalanilib yangi ilmiy-amaliy natijalarga erishilmoqda (Umarov X.U., Jafarov M.M.). Eshitish analizatorini tekshirishning zamonaviy ob'ektiv baholash usullaridan impedansometriya va timpanometriya yo'lga qo'yildi.
Burun yondosh bo'shliqlarining yiringli yallig'lanishini davolashda O'zbekistonda birinchi bo'lib Proets usuli tatbiq qilindi va uni keng shifokorlar faoliyatida qo'llanishga erishildi. Bundan tashqari, yiringli frontit, sfenoidit, gaymoritlarni tabiiy yo'lidan 0,6 mm li polietilen zond-kateter bilan noinvaziv kirib yuvib davolash ishlab chiqilib, amaliyotga keng singdirildi va jarrohlik davolash usullari kamaytirildi. Bunday konservativ davolash usullari hatto asoratlangan sinusitlarni davolashda ham o'rinli ekanligi professor Hasanov S.A. va uning shogirdlari tomonidan o'z isbotini topdi. Burun yondosh bo'shliqlarining o'tkir yallig'lanishi yoki surunkali yallig'lanishini xuruji natijasida ko'z kosasiga hayot uchun xavfli, og'ir asoratlar tarqalishini davolash samaradorligi o'rganilib, yuqori natijaga erishildi. Xususan, adabiyotlarda qayd qilinadigan 80% hollarda jarrohlik usuli bilan davolashni 3% gacha keskin kamaytirishga erishildi, ya'ni bolalarda ayovchan davolash chora-tadbirlari ishlab chiqildi (Abdullaev X.N.). Yuqori jag' olidingi devorini qo'zichoq suyagi bilan plastika qilish keng ommalashtirildi. Kistoz gaymoritlarda "darcha" qo'ymaslik isbotini topdi va amaliyotga singdirildi (Sultanov Q.Yu.). Keyinchalik bu usul respublikadagi boshqa otorinolaringologlar va stomatologlar amaliyotiga tadbiq etildi.
Endonazal dakriosistorinostomiya jarrohlik usuli O'zbekistonda birinchi bor ishlab chiqilishi va ushbu kasallikning tasnifi taklif qilinishi Respublika otorinolaringologlari hamda oftalmologlari tomonidan qizg'in kutib olindi.
Bolalar stomatologlari (prof. Maxsudov S.N.) bilan hamkorlikda burun obstruksiyasi bo'lgan bemor bolalarda yuqori jag'da kuzatiladigan o'zgarishlar va ularni bartaraf qilish usullari ishlab chiqilib (Hasanov S.A., Boboxonov G.K., Almamatov A.T.) fanda birinchi marta "Hasanov simptomokompleksi" e'lon qilindi.
Tez-tez shamollaydigan bolalarni chuqur tahlil qilish LOR a'zolarining kasalliklari muhim ahamiyat kasb etishi o'z isbotini topib kelmoqda. Professor S.A. Hasanovning faol ishtirokida 2004 yilda plastik jarrohlik bo'limi, 2006 yilda esa "Bolalar otorinolaringologiya markazi" tashkil etildi.
2001 yilda LOR kafedra tashabbusi bilan LOR kafedrasi qoshida "Bolalar stomatologiyasi" kursi tashkil etildi. Lekin, ushbu kursni tezda rivojlanib ketishiga jamoatchilik asosida Vrachlar malakasini oshirish instituti "Bolalar stomatologiyasi" kafedrasining mudiri dosent Shamsiev Hamidulla Nusratullaevich va t.f.n. Maxsudov Sunnat Nig'matovichning xizmatlari alohida e'tiborga molik. Hozirgi kunda stomatologiya kursiga yosh olim prof. S.S. G'ulomov rahbarlik qilmoqda va uning say-harakatlari bilan 2011 yilda esa stomatologiyadan magistratura kursini ochishga muvaffaq bo'lindi.
Respublikamiz aholisi orasida LOR kasalliklar epidemiologiyasini aniqlash amaliy xizmatni tashkil etishda muhim hisoblanadi. Shu maqsadda 1988-1990 yillar mobaynida kafedra xodimlari tashabbusi bilan bir necha viloyatlarda 20 mingdan ziyod aholi birinchi marta profilaktik ko'ruvdan o'tkazildi. Natijada surunkali tonzillitni 16%, surunkali yiringli o'rta otit 6,5-7,0%, quloqning tug'ma anomaliyasi (gipogeneziya) 1500-2000 tug'ilgan bolaga 1 ta, lekin, Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasida 650 ta bolaga 1 ta uchrashi aniqlandi. Olingan ma'lumotlar asosida SSV ga axborot berildi va LOR klinikamiz qoshida 2000 yilda "Bolalar otorinolaringologiyasi Markazi" tashkil etilib, 4 ta vrach lavozimi ajratildi. Bundan tashqari 2001 yili LOR klinika qoshida Markaziy Osiyo mamlakatlarida birinchi bor bolalarga alohida shoshilinch LOR yordam ko'rsatish tashkil etildi, 10,5 stavka vrachlar shtati ajratildi. Bu esa bemorlarni davolashga hamda o'quv jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatib, ilmiy izlanishlarning mukammal bajarilishiga imkon yaratdi.
Kafedra xodimlari o'zlarini ilmda yaratgan yangiliklari bilan muntazam ravishda Respublika ko'rgazmalarida qatnashib kelmoqdalar.
Prof. Hasanov S.A. ilmiy mavzuni muhokamasida 2009 yildan boshlab grant asosida ITSS-29-6 raqamli "LOR kasalliklaridagi gipoksiya va oksidant stressni bartaraf etish usullarini takomillashtirish (operasiyadan keyingi asoratlarni kamaytirish maqsadida)" ilmiy izlanishlari olib borilmoqda va shu asosda doktorlik dissertasiyalari rejalashtirilgan (Abdullaev X.N.).
Uchinchi kafedra mudiri Amonov Shavkat Ergashevich tibbiyot fanlari doktori, professor, Oliy toifali shifokor. Ukraina otologlari, otoneyroxirurg va otonevrologlari assosiasiyasi a'zosi. 1986 yilda SAMPIni imtiyozli tugatgan. 1987-1989 yillarda vrach otorinolaringolog bo'lib ishlagan, 1989-92 yillarda ToshPMI LORkafedrada aspirant, 1992-95 yillarda assistent, 1996-2001 yillarda dosent va 2002-2010 yillarda kafedra professori lavozimida ishlagan. 2010 yil 2 sentyabrdan boshlab kafedra rahbari qilib tayinlangan, ToshPMI jarrohlik yo'nalishi fanlararo uslubiy Kengashi raisi.
T.f.n.., professor Amonov Shavkat Ergashevich, 2010 yildan kafedra mudiri.
1992 yilda "Surunkali virusli gepatit "B" bilan og'rigan bolalarda surunkali tonzillit klinikasi, tashhisi va davolash" mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. Ilmiy rahbarlari: 1) Tibbiyot fanlari doktori, professor Hasanov S.A.; 2) Tibbiyot fanlari doktori, O'zbekiston FA akademigi, professor Daminov T.O. 2000 yilda "Bolalarda surunkali yiringli o'rta otitlarni xirurgik davolash samaradorligini oshirish" mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. Ilmiy maslahatchilari: 1) Tibbiyot fanlari doktori, professor Hasanov S.A.; 2) Tibbiyot fanlari doktori, professor Madjidov A.V. Ilmiy ishlar soni 150 ortiq, 5 uslubiy qo'llanma, 6 patent, 6 rasionalizatorlik taklifi, 1 darslik, 1 monografiya. Otorinolaringologiyaning barcha sohalari, asosan otologiya, rinologiya, faringologiya, LOR-plastika muammolari bilan shug'ullanadi. Amonov Sh.E. va prof. Inoyatova F.I. rahbarliklarida 1 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilingan (Rajabov Asqarjon Hamroqulovich). Hozirgi kunda 3 ta doktorantning ilmiy maslahatchisi hisoblanadi. Erishgan yutuqlari: -mineralsizlantirilgan qo'zichoq suyagi bilan mastoidoplastika qilish usulining 93% samarali ekanligi klinik va eksperimental isbotlangan -mineralsizlantirilgan qo'zichok suyagi bilan mastoidoplastika qilish usuli ishlab chiqilib, amaliy otorinolaringologiyaga tadbiq qilingan. Ma'ruzalari bilan xalqaro forumlarda yurtimiz vakili bo'lib ishtirok etgan. Kafedra mudiri sifatida o'quv, davolash, ilmiy va tashkiliy ishlar uchun mutasaddi. 2010 yilda Kiev shahrida "Otoxirurgiyaning dolzarb muammolari" bo'yicha malaka oshirgan. Kelajakdagi rejalari: klinikada maxsuslashtirilgan bo'limlarni tashkil qilish, eshitishni yaxshilovchi va eshitishni tiklovchi operasiyalarni amaliyotga keng joriy etish, otolaringologiyaning barcha yo'nalishlarida zamonaviy tashhislash va jarrohlik uslublarini yanada mukammallashtirish.
Kafedrada ko'p yillar mobaynida Dadashev Sh.T., Axmedov S.S., k.m.n. Muxamedjanov U.X., Yakubov M.M. faoliyat ko'rsatishgan.
Dadashev Shavkat Toirovich (1986-2000 yillarda ishlagan).
Muxamedjanov Ulug'bek Hakimjonovich (2001-2010 yillarda ishlagan).
Yakubov Mirvoris Mirziyotovich (2003-2009 yillar ishlagan).
Kafedrada chop etilgan monografiyalar
Dadamuxamedov A.N.
Dadamuxamedov A.N.
Hasanov S.A., Voxidov N.H. "Bolalarda o'tkir laringotraxeit". Toshkent, 2007, 207 bet.
Hasanov S.A., Omonov Sh.E. "Xronicheskiy gnoyniy sredniy otit u detey". Toshkent, 2010, 120 bet.
Kafedrada chop etilgan darsliklar
1. Dadamuxamedov A.N., Mirzarasulov M.M. "Bolalar otorinolaringologiyasi". Toshkent, 1999.
2. Dadamuxamedov A.N., Omonov Sh.E. "Bolalar otorinolaringologiyasi". Toshkent, 2005.
3. Hasanov S.A., Voxidov N.H. "Yuqori nafas yo'llari kasalliklari". Toshkent, 2009.
4. Maxsudov S.N., Shukurova G.R. "Bolalar stomatologogiyasi" (lotin alifbosida), Toshkent, 2008. 137 bet.
5. Hasanov S.A., Voxidov N.H. Quloq, tomoq va burun kasalliklari. 2013 yil. Kafedrada ishlab ketganlar ro'yxati. Kafedrada tayyorlangan dissertasiyalar