O’quv va o’quv metodik ishlar
Muallif: Kafedra o’quv ishlariga mutasaddi dotsent Jabborova Dodar Raximovna.
KAFEDRANING O’QUV ISHLARI BO’YICHA AXBOROT.
Professor Amonov SH.E. rahbarlik qilayotgan ijodiy jamoa TOSHPMI “Pediatriya ishi”, “Tibbiy pedagogika” fakultetlari talabalarini o’qitishda, ya’ni Davlat buyurtmasiga ko’ra sog’liqni saqlash tizimi birlamchi bo’g’ini uchun umumiy amaliyot shifokorlari (UASH) tayyorlashda ishtirok etmoqda. Magistratura, klinik ordinaturada va doktoranturada zamonaviy tibbiyot talablariga javob beruvchi mutaxassis otorinolaringologlar hamda tadqiqodchi ilmiy izlanuvchilarni tayyorlashda faol qatnashmoqda. Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Ukraina, Polsha, Italiya va Yaponiya ta’lim va ilmiy dasturlarini o’quv jarayoniga keng qo’llamda tadbiq qilmoqda. Har bir xodim grafik bo’yicha muntazam pedagoglik hamda mutaxassisllik mahoratlarini oshirib bormoqda va ularning qator sertifikatlari bunga misol bo’la oladi. Ma’ruzachilarning ro’yxati: 1 Professor Amonov SH.E . 2 Professor Xasanov S.A. 3 Professor Karabaev X.E. 4 Dotsent Boboxonov G.K. 5 Dotsent Jabborova D.R. Amaliy darslarning o’quv majmuasi . Tematika mos ravishda «Otologiya» «Laringologiya» «Rinologiya» «Faringologiya» o’quv xonalari jixozlangan . Har bir o’quv xonasida ko’gazmali qurollar, stendlar, mulyajlar, anatomik preparatlar, instrumentlar majmuasi va boshqa vositalar muhayyo. Har bir xona otorinolaringolog ish o’rni bilan ta’minlangan. Talabalar o’qitish ishlari klinika (bazalar) ning ko’ruv va bog’lov xonalarida ham olib boriladi. Zaruriyat tug’ilganda talabalarga bo’limlarda ishlatilayotgan diagnostik-davolash anjomlari (audiometr, impedansometr, xirurgik mikroskop, fibrolaringoskop, endoskopik mikrolaringoxirurgiya va rinoxirurgiya moslamalari) ham namoyin etiladi. Keng qo’llamda “Miya hujumi”, «Sinektika», «Intsident», «Dumaloq stol», «Uch bosqichli intervyu», «Muammoni echish», «Ruchka stol o’rtasida», «Rotatsiya uslubi orqali fikrlarni umumlashtirish (obzor)», «Galereya bo’ylab sayohat», «Polemika», «Akademik polemika», «Guruhlarga bo’linib izlanish», «Kritik holatlarni tahlil qilish», «Guruhli dinamika», «Diskret dinamika», «Kosa», «Qor uchquni», «Asalari galasi», «Qor uyumi», «Akvarium» «Qaynoq kartoshka» «Romashka», «O’z yarmingni top!», «Syurpriz», «Shaklni tanla», «Chanoqchadan sakrash», «Baliq suyagi», «Bum», «Qora quti» kabi interaktiv o’qitish usullari-o’yinlar qo’llanilmoqda. Kafedraning zamonaviy texnik ta’minlanganligi xodimlar tomonidan tayyorlangan prezentatsiya materiallari va videofilmlar bilan ma’ruzalar o’qishni, auditoriyada bevosita jarrohlik xonasidan operatsiyalarning bajarilishini namoyish etish imkonini beradi. Mutaxassis otorinolaringologlarni tayyorlash uchun ham standartga asoslangan o’quv dasturlari, uslubiy qo’llanmalar, kitoblarga boy kutubxona, texnik vositalar: trenajer, mulyajlar Internetga ulangan kompyuter, proektor, operatsion mikroskop, endoskop bilan jixozlangan o’quv xonalari singari sharoitlar mavjud. Yoshlar o’sishi uchun barcha imkoniyatlar tug’dirishga, hattoki talabalar bilimlarini oshirishlari uchun chet ellarga yuborishgacha harakat qilinmoqda, ularning barisi o’z ilmiy yo’nalishlariga ega. O’quv jarayoni mobaynida bo’g’usi otorinolaringologlar oladigan bilimlar sig’imi mutaxassislikning barcha asosiy yo’nalishlarni qamrab oladi. Yosh shifokorlarda operatsiyalarni mikroskop va endoskop ostida bajarish texnikasini o’zlashtirishga hamma imkoniyatlar mavjud. Kadrlarni tayyorlash bo’yicha kafedra eng yahshi kafedralardan biri hisoblanadi va shu bois otorinolaringolog mutaxassisligini tanlagan yoshlar bizda tahsil olishga intiladilar. Kafedrada o’quv jarayoni quyidagi yo’nalishlarga bo’lingan: • UASH ni tayyorlash. • Otorinolaringologiya yo’nalishi bo’yicha magistrlarni tayyorlash. • Otorinolaringologiya yo’nalishi bo’yicha klinik ordinatorlarni tayyorlash. • Mutaxassislik bo’yicha tibbiyot fanlari doktorlarini tayyorlash. Bazalar manzili Kafedraning o’quv-uslubiy ishlari haqida axborot. Kafedrada o’quv–uslubiy ishlarning asosiy maqsadi o’quv jarayonini sifatiini va samaradorligini oshirish uchun sharoitlar yaratish iborat. Kafedrada o’quv-uslubiy ishlar kafedra mudiri professor Amonov SH.E. va dotsent Djabbarova D.R. tomonidan boshqariladi. Har kuni ertalabki konferentsiyada va muntazam har oyda bir marta o’tkaziladigan kafedra majlisida o’quv–uslubiy ishlarga doir masalalar muhokama qilinadi. Kafedradagi uslubiy ishlar kompleks tadbirlardan iborat bo’lib, quyidagi yo’nalishlarga ega: • O’quv jarayonini o’quv–uslubiy majmua bilan ta’minlash. • O’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ma’ruzalarni, auditoriya dars berish va talabalarning mustaqil ishlarini takomillashtirish. • Asosan, davlatimizga mutaxassislar tayyorlanayotganligi uchun O’zbekistonning hozirgi tibbiy xizmat holati va kelgusi istiqboli (perspektivasi)ni nazarda tutgan holda, kafedraning barcha o’qituv shakllari, turlari va o’qitish uslublarini shunga moslash va yaxshilash. • Ta’lim doirasida kechayotgan jarayonlarni tahlil qilish, yangi ilmiy va texnologik yutuqlarni hisobga olgan holda uning rivojlanish yo’nalishini aniqlash; • Joylarda tayyorlangan UASH va LOR mutaxassislarimiz faoliyatini va mazmunini tahlil qilish (“Sharq haqiqati” “Sh. Rashidov”, “Boyovut”, “Uzbekiston” “Qorjou” QVP lariga otaliq yordami ko’rsatamiz va faoliyatini tahlil qilamiz). • O’qish jarayonini rejalashtirish, tashkil etish va nasorat qilish masalalari bo’yicha institut tomonidan berilgan buyruq, farmoyish va ko’rsatmalarni ishlab chiqish; • Ilmiy Kengash echimlarini, rektor buyruqlari va o’quv ishlar prorektorining o’quv-uslubiy faoliyat bo’yicha ko’satmalarining bajarilishi yuzasidan nasoratni amalga oshirish; • O’quv jarayoniga oid yangi texnologiyalarni yaratish va tadbiq qilishga ko’maklashish; • Imtihondan keyin talabalardan anonim anketa ma’lumotlari jig’sh, anketa to’dirish o’qitish sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. • Qoloq talabalar uchun qo’shimcha darslar o’tiladi; • Talabalar ilmiy jamiyati (TIJ) yo’lga qo’yilgan Kafedraning o’quv–uslubiy ishlari bo’yicha asosiy xujjatlarning ro’yxati. 1. Kitoblar 2. Uslubiy tavsiyanomalar 3. O’quv –uslubiy qo’llanmalar 4. Xar xil darajali test savollari 5. Otorinolaringologiya bo’yicha ma’ruzalar 6. Kutubxona 7. Kitob –jurnal fondi 8. O’quv videofilmlari 9. Bakalavriat (UASH ni tayorlash) 10. Normativ xujjatlar (o’quv –uslubiy xujjat) 11. U ASH ni tayyorlashni O’zbekiston davlat standarti. 12. Tipik programma 13. 5 kurs tibbiy – pedagogik fakultetining ish programmasi 14. 5 kurs pediatriya fakultetining ish programmasi 15. 7 kurs tibbiy- pedagogik fakultetining ish programmasi 16. 7 kurs pediatriya fakultetining ish programmasi 17. LOR bo’yicha uzlashtirish • o’zlashtirish varaqasi 5 kurs • o’zlashtirish varaqasi 7 kurs • O’zlashtirmagan talabalar • Iqtidorli talabalar Magistratura Klinik ordinatura