Fakultеt bolalar xirurgiyasi fani ơkuv dasturi Педиатрия IV kurs talabalari uchun «Bolalik davri urgеnt xirurgiyasi» , Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakultetining V kurs talabalari uchun «rivojlanish anomaliyalari va tugma nuqsonlar xirurgiyasi» -, dan va magistratura uchta kurs rеzidеntlari uchun «Bolalar xirurgiyasini» kamrab oladi
O`quv va o`quv-metodik ishlari
Kafedraning o`quv ishlari
1. O`qitishni tashkillashtirish
1.1. O`qitish ma`ruzalar o`qish, amaliy mashg’ulotlar o`tish hamda talabalar tomonidan mustaqil ish bajarish orqali amalga oshiriladi.
Yil davomida kafedrada o`qiladigan ma`ruzalarni o`rtacha soni
Kafedra mul’timediya va video fil’mlarni qo`llagan holda o`qitishni an`anaviy shakl va uslublarini qo`llaydi.
1.2. Talabalar bilimini joriy nazorati har bir darsda o`tkazilib, o`qituvchini talabalar bilan suxbati, interaktiv usullar va test nazorati shaklida amalga oshiriladi. Ma`ruza materiallarini o`zlashtirish o`qituvchilarni talabalar bilan suxbati, hamda oraliq va yakuniy nazorat o`tkazish shaklida amalga oshiriladi.
Talabalar bilimini joriy nazorati uch shaklda o`tkaziladi:
a) og’zaki so`rov
b) test masalalariga javoblar
v) vaziyatli masalalarni echish
Natijalar joriy, oraliq va yakuniy nazorat ko`rsatkichlari bo`yicha chiqariladi.
Oraliq nazorat ToshPTIning Test markazida test nazorati shaklida o`tkaziladi.
Yakuniy nazorat yoma ish shaklida olinadi
1.3. Predmetni o`rganishni bir shakli –bemorlarni kuratsiyasi.
1.4. Kafedraning barcha professorlari va dotsentlari talabalar uchun konsul’tatsiyalar o`tkazadilar.
1.5. 20 kishiga mo`ljallangan metodik kabinet mavjud bo`lib, keyingi yillarda u talabalarni rejali mashg’ulotlarini hamda TIJ ishlarini o`tkazishda o`quv xonasi sifatida ishlatilmoqda.
1.6. Har yili ma`ruzalar kursi va amaliy mashg’ulotlarga mul’timediyali illyustratsiyalar yangilanadi.
2.. Talabalarga yana quyidagi elektron Internet-resurslar tavsiya qilingan:
• Ma`ruza va amaliy mashg’ulotlarning kalendar-tematik rejalari (qarang: Yuklab oling)
• Baholash mezonlari va Bolalar hirurgiyasini reyting tizimida baholash mezoni (qarang: Studentlarga)
• Bolalar hirurgiyasi bo`yicha bilimlarni saqlanib qolishini tekshiruvchi testlar ToshPTI ning test markazida mavjuddir.
Kafedraning o`quv-uslubiy ishlari
O`quv-uslubiy qo`llanmalar
1. Chop etilgan hamda xozirda Bolalar hirurgiyasi mavzulari bo`yicha, shu jumladan ayrim fakul’tetlar uchun va ingliz tilida o`qiydigan chet el talabalari uchun yangi uslubiy va o`quv qo`llanmalari tayyorlanmoqda. Test nazorati masalalari bo`yicha ham uslubiy qo`llanma tayyorlanmoqda.
2. Kafedra tomonidan o`zbek tillida “Fakultet bolalar hirurgiyasi” darsligi lotin alifbosida chop etishga tayyorlangan
Kafedrada darslik va o`quv-uslubiy qo`llanmalarning elektron variantlari mavjud.
• Elektron o'quv-uslubiy qo'llanmalar (qarang: Yuklab oling)