Talabalar dam olish kunlari va ta‘til vaqtida teatr va muzeylar, turistik sayohatlarga boradilar. 2-Pediatriya fakulteti 311 guruh talabalari ham 2019 yil 6 fevralda, jahon xoreografiyasining mashhur asarlaridan biri bo‘lgan «Jizel» baletini ko‘rish uchun, o‘z murabbiyi G.A.Xaytmatova bilan Alisher Navoiy nomidagi Davlat opera va balet teatriga tashrif buyurdilar. Asarning birinchi qismidagi real hayot, final qismidagi orzu dunyosiga qarama qarshi qo’yilgan. Baletning asosiy g‘oyasi, albatta - buyuk muhabbatdir.
Teatr - bu go‘zallikka oshufta bo‘lish, rejissyor, rassom, raqqoslar ishidan ma‘naviy ozuqa olishning eng oddiy va bevosita yo‘lidir. "Jizel" baletining mohirona ijrosida biz haqiqiy, tanatanali, go‘zal teatrni ko‘rdik.
Teatr - hamma san‘atlar uyg‘unlashgan, mujassamlashgan san‘at turi hisoblanadi. Teatr - sahna asarlari mazmunida insonning estetik didi shakllanishiga va shaxsiy muammolarning yechimini topishga turtki bo‘ladigan, insonlarning saxovatli ishlari va hatti - harakatlari, yovuzlikka qarshi kurashlardan axloqiy, ma’naviy ozuqa olish, hayratlanish san’at turidir.