Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilish-fuqarolik burchimizdir.
Toshkent shahar IIBB YHXB qidiruv bo‘linmasi katta inspektori, mayor Xasan Akramovich Saydaxmedov va Toshkent shahar IIBB YHXB qidiruv bo‘linmasi inspektori katta leytenant Kamoliddin Sayfutdinovich Fayzullaevlar tomonidan 2019 yil 8 fevral kuni 2-Pediatriya fakulteti 6-kurs 613, 614, 615 va 616-guruh talabalariga huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi va o‘rnatilgan tartib-intizom qoidalari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.
Talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan hayotiy misollar asosida javoblar berildi.