“Yo‘l harakati qoidalariga qat‘iy amal qilish-bizning burchimizdir”.

2019 yil 15 mart kuni 6 kurs (1-Pеd fak:601-602-603-604) talabalari bilan Toshkent shahar IIBB YHXB qidiruv bo’linmasi katta inspektori, mayor Xasan Saydaxmedov uchrashuv o’tkazdi. 

Profilaktik uchrashuvda talaba-yoshlarning “Yo‘l harakati qoidalariga qat‘iy amal qilish”, “Piyodalarning yo‘llardan o‘tishdagi vazifalari”, “Yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlari va ularning tavsifnomasi” kabi mavzularda ma‘lumot berildi.

Uchrashuvda kun tartibidagi mavzu bo‘yicha talaba-yoshlarning savollariga ma‘ruzachi tomonidan hayotiy misollar asosida javob berildi hamda talaba-yoshlarni doimo ogoh va hushyor bo‘lishga chaqirildi.

01 photo_2019-03-15_08-50-10

03 photo_2019-03-15_08-50-03

04 photo_2019-03-15_08-49-47