Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga imzo chekdi.
Mazkur hujjat mamlakatimizda boʻladigan saylov tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilishni taʼminlash, shuningdek, saylov jarayonlarini boshqarishda axborot tizimini joriy qilish kabi maqsadlarda qabul qilingani bilan ham ahamiyatlidir.
Hujjat mamlakatda bo‘ladigan saylov tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilishni ta’minlash, shuningdek, saylov jarayonlarini boshqarishda axborot tizimini joriy qilish kabi maqsadlarda qabul qilindi.
Unga ko‘ra, endilikda: Markaziy saylov komissiyasi - mamlakatning butun hududida saylov jarayonini boshqarishning axborot tizimini joriy qilish va saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidan foydalanish bo‘yicha faoliyatga umumiy rahbarlikni va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududlarda tizimning samarali ishlashini ta’minlashga yagona texnologik yondashuvni ta’minlaydi;
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasi esa ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini yuritish uchun javobgar organ hisoblanadi.
Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yilning 1-apreligacha bo‘lgan muddatda uyma-uy yurib aylanish orqali fuqarolarning pasport ma’lumotlarini Ichki ishlar vazirligining axborot bazasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqamiga bog‘lagan holda, bu - doimiy va vaqtincha yashash joylarining manzillari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtiradi. Jarayonga sektor rahbarlari ham jalb etiladi.