Kafedra Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining hamda Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining buyruqlari asosida tashkil etilgan. Kafedra faoliyati O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Oliy ta’lim muassasasi nizomi bo’yicha boshqariladi. Kafedra mudiri t.f.d. professor Ismailov S.I., ToshPMI rektori buyrug'i asosida.
Kafedraning klinik bazalari Yo.X.To'raqulov nomidagi Endokrinologiya Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazida MZ O'zA va Semashko sanatoriyasida joylashgan. Kafedra xodimlari - bolalar va kattalar endokrinologiya sohasida yuqori malakali mutaxassislar bo'lib,ular uzoq yillik o'quv va ilmiy-tajribaga egadirlar. Kafedrada 4 ta dotsent va 7 ta assistenta.Kafedrada doimiy ravishda 4-yil bakalavr talabalari, oliy ma'lumotli hamshiralik ishi 2-3-kurs talabalari,magistratura va klinik ordinatura talabalari taxsil oladilar.Talabalarga Professor va dotsentlar leksiya o'qiydilar,maxsus seminarlar va amaliy kunikmalar o'rgatiladi.Talabalar o'qituvchilari bn bo'limlardagi bemorlarni kuratsiya qilib,bilimlarini amaliy ravishda mustaxkamlaydilar.