Kafedrada o’quv va o’quv-metodik ishlar tasdiqlangan namunaviy va o’quv ishchi dasurlar xamda xaftalik va individual rejalarga asosan olib boriladi. Yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar, JSST, UNICEF, TEACH-VIP Salomatlik-II loyixasi – MAO’ (muammoga asoslangan o’qitish) yo’lga qo’yilgan. Talabalar, klinik ordinatorlar, magistrlar, assistent va dotsentlar uchun tuzilgan yangi turdagi o’rgatuvchi testlar tuzilgan bo’lib, unda javoblarga izoxlar keltiriladi va kerakli internet saxifalardan ma’lumot olish imkoniyati bor. Ishchi dasturga xar yangi o’quv yili uchun yangi o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritilib turiladi: yangi retseptlar, bemorlarni bosqichma-bosqich konsultatsiyalari, ta’lim texnologiyalari yangilanadi, JSST tavsiyanomalari № 155 buyruq materiallari kiritilgan, № 80 buyruq materiallari kiritilgan. Fanni o’zlashtirish talabalarda klinik kuzatuvlar va taktik xarakatlarda maksimal darajada individualizatsiyani kerakligini xiobga olib avtiv klinik fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan. O’qitish usullari - traditsion: suxbat, ma’lumot berish, savollarga javob berish, xamda intefaol: klinik imitatsion o’yinlar- “rol ijro qilish”, “qor bo’lagi”, “miyaga xujum”, turli daraja qiyinlikdagi vaziyatli masalalarni echish, testlar qo’llaniladi. Klinik xolat patogenezi, diagnostik jarayon, shoshilinch yordam ko’rsatish komponentlarini sxemalarini “prezentatsiyalar”, “galereya bo’ylab sayoxat”, “akademik polemika” usullari qo’lladi. Fantomlar, mulyajlar va volonterlar bilan ishlash, kasallik varaqasi taxlili va retsenziyalash, bemor reabilitatsiyasi rejasini taxlil qilish, klinik fikrlash baxolash varaqasini to’ldirish amalga oshirilmoqda.
O’qitish texnologiyasiga quyidagi o’zgarishlar kiritilishi ko’zda tutilgan: - o’quv qo’llanmalari, jadvallar, grafiklar, vaziyatli masalalar, o’yinlar, testlar va xokazolarni to’liq kompyuterlashtirilishi. - fantomlar, mulyajlar, anjomlar, apparaturalarni elektron shakllari bilan ta’minlash. - pedagogda talabani mustaqil ishni baxolash qobiliyatini shakklantirishni o’rgatish.
2019 yilda magistratura talabalari va klinik ordinatura talabalari uchun mashq uchun jarroxlik mikriskopi o`rnatildi. Yangi pedagogik texnologiyalar o’qitishdagi dolzarb muammolarni xal qilishda yordam berib, zamonaviy vakt normalaria avob beradi, sharoitga moslashgan xolda, maksimal real xayotga yakinlashgan vaziyatlarda teoretik mareialni amalda ishlata olish imkonini berib, talabalarni aktiv mustakil ishlab kasbiy kunikmalarga erishishga imkon beradi. Kafedrada kuyidagi ta’lim texnologiyalari ishlab chikilgan: grafik organayzerlar, proektlar va keys metodi.